Angliya klubi Moyze Kinga 35 million evro to'lashga tayyor
19 iyu 2019 10:23
Yangiliklar


Angliya klubi Moyze Kinga 35 million evro to'lashga tayyor
"Everton" "Yuventus" hujumchisi Moyze Kin uchun 35 million evro to'lashga tayyor.
Jamoa bosh murabbiyi Marko Silvaning shaxsan o'zi Italiya terma jamoasi yosh hujumchisi xizmatlariga qiziqmoqda.
19 yoshli Kin "Yuventus" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017-1018 yillar mobaynida ijara asosida "Verona" klubida o'ynagan. Italiyaning bir nechta yosh toifasidagi terma jamoalarida to'p surganidan so'ng 2018 yildan Italiya milliy terma jamoasiga jalb qilina boshladi.
Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar