Angliya grandi Dembelening talablarini bajarishga tayyor

Alisher
3 iyun 2022, 13:50
Fransiyalik vinger Usmon Dembele klubini o'zgartirishga yaqin.

Hujumkor yarim himoyachi "Barselona"dan ketishi va "Chelsi"ga yo'l olishi mumkin.

Jurnalist Pedro Almeydaning xabariga ko'ra, "aristokratlar"ning yangi rahbariyati o'yinchining talablarini qondirishga tayyor. Dembelening o'zi esa hali kelajagi borasida qaror qabul qilmadi va o'ylab ko'rish uchun bir necha kun oldi.

25 yoshli fransiyalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi so'nggida yakuniga etadi. U kataloniyaliklar safida 2017 yilning avgust oyidan beri o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/pedrogva6