Angliya Gollandiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazmoqchi
23 okt 2015 20:50
Yangiliklar
Angliya Gollandiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazmoqchi
Angliya terma jamoasi Evro-2016ga tayyorgarlik doirasida Gollandiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi, deya xabar qilmoqda AFA rasmiy sayti.
O'yin keyingi yilning 29 martida "Uembli"da o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu o'yin terma jamoalarning o'zaro 20-o'yini bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, jamoalar so'nggi marotaba 2012 yilning fevralida o'zaro to'qnash kelgandilar va o'sha o'yinda gollandlar 3:2 hisobida g'alaba qozongandilar.
Fikrlar