Angliya futbol associaciyasi FIFAni sudga berdi
13 may 2020 19:52
Yangiliklar


Angliya futbol associaciyasi FIFAni sudga berdi
Angliya futbol associaciyasi (FA) Sport arbitraj sudiga (CAS) Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) ustidan shikoyat xati yo'lladi.
Bu haqida britan matbuoti xabar tarqatmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning fevralida FIFA "CHelsi"ga voyaga etmagan futbolchilarni jamoaga qo'shib olishda ko'plab qoidalarni buzgani uchun transfer taqiqini qo'ygandi.
SHuningdek, FIFA London klubi faoliyatini to'g'ri nazorat qilmagani uchun Angliya futbol associaciyasini (500 ming funtdan ko'proq miqdorda) jarimaga tortgan, keyinroq jarima miqdori kamaytirilgandi (290 ming funtga).
6 dekabr kuni CAS "CHelsi"ning apellyaciyasini qo'llab-quvvatladi va "aristokratlar"ga qo'llangan jazo muddatini qisqartirdi. Ushbu voqealar fonida FA ham jarima miqdorini yanada kamaytirishga urinib ko'radi.
Tomonlarning davolari 26 iyun kuni tinglanishi belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar