Angliya chempionatining "Nyuport" - "Portsmut" uchrashuvida muxlis hakamlik qildi
19 okt 2015 14:47
Yangiliklar


Angliya chempionatining "Nyuport" - "Portsmut" uchrashuvida muxlis hakamlik qildi
Malumotlarga ko'ra, birinchi bo'limning oxirida to'rtinchi hakam jarohat oldi va uning o'rniga referi yo'q ekan. Stadionga hakamlik tajribasiga ega odam kerakligi haqida elon berildi. Bu vazifani "Portsmut"ning 28 yoshli muxlisi Mayk Xyordl o'z bo'yniga oldi.
"Futbol ko'rgani kelgan edim, natijada o'zim uning bir qismiga aylandim. Meni hakamlar xonasiga olib borishdi. U erda paltoni echdim va "Portsmut" futbolkasida qoldim. Menga bunday ko'rinishda ishlash mumkin emasligini aytishib, hakamlik kurtkasini berishdi, ammo jinsi va krossovkalarim o'zimda qoldi. O'yindan so'ng "Nyuport" murabbiyi qo'limni siqib qo'yib, ikkinchi bo'lim yaxshi o'tganini aytdi. Uch daqiqa qo'shilganda "Portsmut" hakam menga shunday dedi: "Buncha vaqtni qaerdan olding?" Men unga 6ta o'zgarish bo'lganini va har biri uchun 30 soniyadan qo'shish kerakligini tushuntirdim. Bu haqda qiz o'rtog'imga aytdim, ammo u hozirgacha ishongani yo'q" - deydi Xyordl.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar