So’nggi yangiliklar

07:35Элит ОЧЛ. "Пахтакор" бугун Қатарда "Ал Гарафа" билан ўйнайди  0 03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  59 03:07А Серия. "Лацио" меҳмонда зафар қучди  1 03:03АПЛ. "Челси" иродали ғалабага эришди  0 02:51RFEF "Реал"нинг эътирозига жавоб қайтарди  44 01:06ОФК ЭЧЛ. Роналду дубл қайд этган баҳсда "Ал Насср" йирик ғалабага эришди  2 00:43Аморим кетган тақдирда ҳам Рэшфорд МЮда бошқа ўйнамайди  3 00:17"Челси" - "Вест Хэм". Палмер, Йоргенсен ва Мадуэке асосий таркибда  5 23:58"Ал Аҳли" меҳмондан 3 очко билан қайтди, Машарипов жамоаси эса дуранг ўйнади  0 22:40"Реал" ВАР ҳакамларининг аудио ёзувларини талаб қиляпти  72 22:18"Ал Насср" - "Ал Васл". Таркиблар билан танишинг  5 21:26"Сурхон" ўз сафига икки россиялик футболчини қўшиб олди  8 21:10ОФК ЭЧЛ. "Ал Айн" ўз уйида Қатар жамоасига мағлуб бўлди  7 20:53Назорат учрашуви. "Навбаҳор" - "Родина" 0:5  33 20:41"Милан" 32 млн. еврога форвард сотиб олди  5

Angliya akademiyalarining 90% tarbiyalanuvchilari APLda o'ynamaydi. Nega?! Yangiliklar

Angliya akademiyalarining 90% tarbiyalanuvchilari APLda o'ynamaydi. Nega?!

Futbolchilarning 70 foizi professional shartnoma imzolamaydi.

APL o'z tarbiyalanuvchilari haqidagi ajoyib statistikani taqdim etdi: aniqlanishicha, mamlakatning eng yaxshi akademiyalarida shug'ullangan 97% o'yinchilar (21 yoshdan 26 yoshgacha) Premer-liganing birorta o'yinida ishtirok etmagan ekan.

Ko'plab futbolchilar u erda 10 yildan ortiq o'ynashini hisobga olsak, ko'rsatkichlar quvonarli ahvolda emas — 8 yoshda kelib, 18 yoshgacha faoliyat yuritishadi.


70% yigitlar Angliyaning professional klublari bilan shartnoma imzolay olmaydilar

Liga 1995 yil 1 sentyabr — 2000 yil 31 avgust vaqt oralig'ida tug'ilgan 4109 nafar futbolchining faoliyatini tahlil qilib ko'rdi. Ularning har biri akademiyaning birinchi kategoriyasida to'p tepgan. U erda Premer-liganing deyarli barcha klublari bor edi: "Man Siti", "CHelsi", "Liverpul", "Arsenal", "Tottenxem" va "Man Yunayted". Malum bo'lishicha, 70% tarbiyalanuvchilar ingliz professional jamoalari bilan bitim tuza olmagan. Ularning faqatgina har o'ninchi futbolchidan bittasi Angliyaning 4 oliy ligasidan birida 20tadan ortiq o'yin o'tkazgan.

Evropaning boshqa top-ligalariga qaraganda, APL yosh o'yinchilarga kamdan-kam hollarda ishonch bildiradi.

Ammo buning yaxshi tomoni ham bor. Agar faqat 2017-2019 yillar elita akademiyalar safida to'p tepgan 16 yoshli o'yinchilar misolida ko'rib chiqadigan bo'lsak, deyarli 80%i professional bitim imzolagan (yoki ularning yoshlar klublari shartnoma muddatini uzaytirgan).


Akademiyadan chetlatilgan o'yinchilarda ko'pincha psixologik muammolar kuzatiladi. Klublar esa ular haqida unutib yuboradi

Ingliz elita akademiyalari o'yinchilarining rivojlanishi uchun ular "yuqori darajadagi futbolchi etishtirish rejasi" (Elite Player Performance Plan "EPPP") deb nomlangan maxsus dasturni qabul qilishdi. Uni 10 yil avval 72 klub bilan kelishgan holda ishga tushirishdi.

Akademiya o'yinchilari bilan ishlashda zarur bo'lgan 11ta tamoyil "EPPP"ga qo'shildi: klubdan talab qilinadigan narsa — tarbiyalanuvchilar soni va sifatini oshirish, ularga o'yin vaqtida ko'proq imkoniyat berish. Lekin bu hujjatga bo'lgan ishonch asta-sekin so'nib bordi: skeptiklarning fikricha, "EPPP" yoshlarning rivojlanishiga umuman yordam bermaydi. Rejaga bo'lgan asosiy etiroz: u shunchaki maslahat xarakteridagi hujjat bo'lib, futbol bilan omadi yurishmaganlarga amalda hech qanday yordam bermaydi. Bu esa katta muammo.

Eng yaxshi akademiyalardan chetlatilgan (yoki bitirib, shartnomasiz qolgan) yigitlar ko'pincha psixologik muammolarga duch keladi. Britaniyaning "ITV News" telekompaniyasi malumotlariga qaraganda, o'sha futbolchilarning 75%i klubi tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganini his qilmagan ekan.

Futbolchilardan biri shunday degan: "Siz doim "navbatdagi shartnomani imzolay olamanmi yoki yo'qmi" degan o'y-hayol bilan yurasiz. Vaqtingizning asosiy qismi kelgusidagi rejalar haqida emas, balki xavotir bilan o'tadi". 

Kimnidir birinchi jamoasidagi raqobat to'xtatadi: "Ajoyib imkoniyatlar yo'qligidan hafsalasi pir bo'ladi. SHartnoma tuzishga erishganingizda, maqsadga etishimga oz qoldi deb o'ylaysiz. Keyin esa mavsumoldi bosqich bo'ladi va poziciyangizdagi yana 4 o'yinchiga ko'zingiz tushadi. SHu pallada ular bilan tenglasha olmayman degan fikr siz uchun o'tib bo'lmas to'siqqa aylanadi".


"Liverpul"da esa hammasi boshqacha: ular barcha tarbiyalanuvchilarga g'amxo'rlik qilishadi va talim (nafaqat futbol) borasida yordam berishadi.

Sog'lom tizim bo'yicha misol ham bor. "Liverpul" ikki yil avval akademiyadagi barcha sobiq o'yinchilarining karerasini kuzatib boradigan maxsus loyihani taqdim etdi. Rahbar Fil Rosko ota-onalar bilan suhbatlashib turadi va doim o'quvchilar yaxshi o'qishini nazorat qiladi.

"Ertami yo kechmi, har bir futbolchi akademiyadan ketadi, — deydi Rosko. — U "Liverpul" asosiy tarkibida o'ynaydimi yoki boshqa erdami, bu muhim emas. Biz uzoq yo'lni birgalikda bosib o'tdik. Agar biz bolaga rivojlanishida yordam bersak, nega uyog'iga ham ko'maklashmaymiz?!"

Klubda tarbiyalanuvchilar bazasi yaratilgan. Bazaga nafaqat oxirgi yillardagi yigitlar, balki 10-15-20 yillar avval "Liverpul"dan ketgan futbolchilar ham qo'shilgan. Avvaliga ular o'rtasida so'rov o'tkazildi: akademiya haqida taassurotlari, tilaklari, yangi yo'nalish borasida fikr va g'oyalari. Tarbiyalanuvchilarga ular qanday qilib klub bilan aloqaga chiqishlari mumkinligi va bu borada ularga qanday yordam berilishi tushuntirildi.

Hozir "Liverpul"dan ketadiganlarga yana bir yo'l taqdim etildi: murabbiylik bo'yicha tahsil olish yoki universitetga kirish. 

Rosko 2020 yilning may oyida klub saytiga intervyu berdi. Filning so'zlariga qaraganda, o'sha paytlar dasturdan faqat 2 nafar tarbiyalanuvchi foydalangan: ulardan biri 2015 yil akademiyadan ketgan, biroq murabbiylik faoliyatini boshlashni istab, o'sha paytda deyarli UEFA B kategoriyasidagi licenziyaga ega bo'lgan. Ikkinchisi esa "Liverpul"dan Liga 1 jamoasiga o'tgan, ammo u erda omadi yurishmagan. Hozirda esa jonajon klubi unga ingliz klublaridan biriga o'tishida yordam bermoqda.

"Liverpul"ning tutgan yo'li boshqa klublarni ham ilhomlantirishiga ishongingiz keladi. Nafaqat APL klublari, balki...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика