So’nggi yangiliklar

00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  26 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  29 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  14 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0

Angliya. 31-tur. "CHelsi" - "Arsenal" 6:0 Yangiliklar

Angliya. 31-tur. "CHelsi" - "Arsenal" 6:0

Angliya Premer Ligasi 31-turidan o'rin olgan “CHelsi” – “Arsenal” uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. Turing markaziy o'yinida Mourino shogirdlari “kanonirlar”ni yirik hisobda tor-mor keltirdi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'zaro qarama-qarshiliklar tarixida hali bugungiday (6:0) yirik hisob qayd etilmagan edi va Arsen Vengerning “Arsenal” bosh murabbiyi sifatidagi 1000-o'yinda bu borada rekord qayd etildi.

Angliya chempionati, 31-tur

CHelsi – Arsenal 6:0 (4:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 5 Eto′O, 2:0 – 7 SHyurrle, 3:0 – 17, penalti E. Azar, 4:0 – 42 Oskar, 5:0 – 66 Oskar, 6:0 – 71 Salax.
CHelsi – CHex, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Matich, David Luiz (Obi Mikel, 72), SHyurrle, Oskar (Saloh, 67), E. Azar, Eto′O (Torres, 10).
Arsenal – SHchensni, Sanya, Koselni (Djenkinson, 46), Mertesaker, Gibbs, Oksleyd-CHemberlen (Flamini, 46), Arteta, Rosicki, Kasorla, Podolski (Vermalen, 24), Jiru.
Ogohlantirishlar: Rosicki (52).
Maydondan chetlatish: Gibbs (15).

Quyiroqda o'yinning matnli translyaciyasini o'qishingiz mumkin.



YANGILASH

O'yinni sizlar uchun Abror Qodirov sharhlab bordi. Etibor uchun tashakkur.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'zaro o'yinlarda qayd etilgan hisoblarning yirikligi bo'yicha rekord yangilandi. "CHelsi" chempionlik uchun eng asosiy davogar eganini isbotladi. "Arsenal" esa sovrin uchun bo'lgan imkoniyatini pasaytirib yubordi. Venger 1000-o'inini hech qachon unutmasligini Mourino shogirdlari taminlab berishdi. 

90+2. Piip, Piiip, Piiiiiiiiip! Final xushtagi va o'yin nihoyasiga etdi.

90+2. Mour kiyim almashtirish xonasiga yo'l olib bo'ldi. O'yin tugamasidan avval.

90. CHEX! To'g'risi bugungi o'yinda birinchi marta unga jiddiy bir ish topildi va u o'zini ajoyib tarzda ko'rsata oldi.

89. Sezar Aspilikueta o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

88. Arsenal jarima to'pini amalga oshirdi. Xavlidek ko'ringan hujumni Obi Mikel yo'qqa chiqardi.

85. Salohning yana bir zarbasi. Bu safar noaniq. Biroozgina.

82. Mashxur rus sharhlovchisi Vasiliy Utkin tvitterida shunday yozyapti: "Taksi va "Arsenal" o'rtasidagi farqni bilasizmi? Taksiga 4 nafar sig'adi. "Arsenal"ga esa..."

80. CHelsi muxlislari "Biz Evropada sovrin yutgan Londonning yagona jamoasimiz", deya kuylayapti.

75. Luis o'rniga Mikel.

71. Bir necha daqiqa oldin maydonga tushgan Muhammad Saloh o'zining CHelsi tarkibidagi birinchi golini kiritdi. 6:0

70. GOOOOOOL! CALOH! 6:0

68. Arsenal chempionlik uchun kurashishni istasa Man Siti, Liverpul, CHelsiga qarshi o'yinlarda bu qadar bo'sh, bu qadar ishonchsiz harakat qilishi kerak emasdi.

67. Hammasi tushunarli. Arsenal va uning muhlislariga hozir og'ir. Juda og'ir.

66. GOOOOOOOL! OSKAR! 5:0

65. Sanya Azarga qarshi qo'pol o'ynagani uchun jarima to'pi belgilandi. Lekin undan unumli foydalanilmadi. Qarshi hujumda Jiru zarba berdi. Lekin masofa juda uzoq edi.

62. Xavfli vaziyat! CHelsining navbatdagi hujumi. Ajoyib zarba Oskar ijrosida. Biroz noaniq.

59. Manchester UTD nikli foydalanuvchimiz 5:2 hisobini taxmin qildi. "Arsenal" ikkita gol urishiga ishonmoqda u. Mendan farqli o'laroq.

56. O'yin tempi birinchi bo'limdagidek emas. Arsenal uni biroz tushurishga erishdi.

51. O'yinga qaytamiz. Arsenal hujumda (o-ho!). Pozicion hujum uzooq davom etmoqda.

48. Quyida o'yinni biz bilan kuzatib borayotgan sayt foydalanuvchilaridan yakuniy hisobni taxmin qilishlarini so'ragandim. REALMADRID nikli yuzer 9:0 hisobini taxmin qildi. Ishtaxa yomon emas "Real" muxlislarida.

47. Arsenal tarkibida o'zgarishlar bor. Bo'lmasa ham bo'lmasdi-da. Oksleyd-CHemberlen va Koselni maydonni tark etishdi. Ular o'rniga Flamini va Jenkinson o'yinni davom ettiradi.

45. Ikkinchi bo'li boshlandi.


Futbol karikaturalari chizishda tengi yo'q istedod sohibidan Venger yubileyiga sovg'a

Birinchi bo'lim tugadi. 4:0. Bo'lim haqida ortiqcha gapirishga ham hojat yo'q. Hisobga qarang. Hammasi tushunarli bo'ladi.

45. Burchak to'plari, burchak to'plari... CHelsi ijrosida. Ketma-ket.

44. Kasorla va Jiru hujum uyushtirib ko'rishdi. Arsenalning bu o'yindagi o'ta noyob hujumlaridan biri. Jiruning zarbasi biroz noaniq. 

43. O'ng qanotdan uyushtirilgan hujum. Torres to'pni Oskarga aniq etkazib berdi. Braziliyalik esa uch metr masofadan adashishi mumkin emasdi.

41. GOOOOOOOOL! DAXSHAT! 4:0. OSKAR! 

37. Bu orada CHelsi bir necha hujumni amalga oshirdi. Burchak to'pi tepdi. Arsenal hozircha amallab turibdi. Hujumlarni imkon qalar bartaraf qilyapti. Hujumga o'ta olayotgani yo'q.

34. Mana endi hisobni taxmin qilib ko'ringchi

28. "CHelsi" hujum ketidan hujumlar uyushtirish bilan, "Arsenal" bu hujumlarni tomosha qilish bilan ovora.

Gibbs hayratda

22. Podolski o'rniga Vermalen maydonga tushyapti. Boshqa iloj ham yo'q edi.

20. Kulgili holat. Hakam haqida gapirmaslikdan umid qilgandik. Lekin iloj yo'q. Mariner to'pni qo'li bilan o'ynagan Oksleyd-CHemberlenni emas, himoyachi Gibbsni chetlatdi. Gibbs hayratdaa! :)

18. Haa, janob Venger minginchi o'yinini unutmaydigan bo'ldi. 

17. GOOOOOL! AZAR! Hisob - 3:0. Uchchuuu nol..!

15. PENALTI! Gibbsga qizil!

14. Xavfli vaziyat! Azar raqib jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi. To'p himoyachining qo'liga tegdi. Mariner hali qaror qabul qilmadi. Kutamiz.

11. Arsenal o'yin tempini tushirishi, biroz muddat to'pni o'zida ushlab turishi, o'ziga kelib olishi kerak. CHelsining qashi hujumlari... Xavli. Mourino-stayl!

09. UPS! Birinchi gol muallifi "otaxon" Eto'O maydonni tark etyapti. Jarohat. O'yinni Torres davom ettiradi.

07. Translyaciya sarlavhasini 1:0ga o'zgartirishga ulgurmasimdan, CHelsi ikkinchi golni urishga ulgurdi. Daxshat!

06. GOOOOOOOL! SHYURLE! Nimalar bo'lyapti? Qani Arsenal? Qani? SHyurledan gol va golli pas. O'yin eendigina boshlandi. 2:0

05. Arsenal himoyachilari nimalar bilan shug'ullangani haqida savol bermang. Javobim yo'q. Eto'O shunchaki jazolab qo'yaqoldi. Master! Gap so'z bo'lishi mumkin emas.

05. GOOOOOL! Eto'O!!! 1:0

04. Birinchi xavfli hujumni CHelsi uyushtirdi. Eto'O to'pga ulgurmadi. Bunga uning yoshi kichraytirilganining qanchalik aloqasi bor - bilmadik.

03. Arsenal il daqiqalarda to'p bilan ko'proq muomala qilyapti. Arsenaldan boshqacha o'yin kutish ham kerak emas.

02. Bosh hakam Andre Mariner. Umid qilamizki, ushbu hakam ismini o'yin davomida ko'p ham tilga olishimizga to'g'ri kelmaydi.

01. O'yin boshlandi!

Jamolara maydonga chiqib kelishdi. "Stemford Brij"da ajoyib muhit hukmronlik qilmoqdap.

Demak, Diqqat Qiling! Boshlaymiz!

Bugun uning yubileyi

"SA"da esa ushbu o'yinni Abror Qodirov sharhlab boradi. Quyidagi bir olam gaplarni ham u yozib boryapti. Uzoqlashmang. :)

Ushbu o'yinni Sport TV jonli efirda ko'rsatishi mumkin. Bu haqida kanal hodimlari bilan suhbatlashganimizda madum qilishdi. "El Klassiko" esa namoyish etilmaydi. Umuman olganda, bunibizning ushbu o'yinga aloqasi yo'q.

Joze Mourino o'yindan oldingi matbuot anjumanida: "Biz uchun ushbu o'yin qiyinroq kechadi. CHunki biz o'tgan o'yinda mag'lubiyatga uchradik va ikki futbolchimizdan ayrildik", deya raqib imkoniyatlarini yuqori baholadi.

"CHelsi" - "Arsenal" - shunchaki chempionatning navbatdagi o'yini emas. Bu -  Angliya poytaxtining eng kuchli ikki klubi to'qnashuvi. Bu - Mourino-Venger qarama-qarshiligi. Bu - chempionlik poygasiga katta tasir o'tkazadigan "jang". Bu - Arsen Vengerning "Arsenal" bosh murabbiyi sifatida 1000-o'yini. Mana shunday o'yin kutyapti bizni oldinda! Tayyorlaning. 

O'yin boshlanishiga yarim soatcha vaqt qolmoqda. O'yindan nimalar kutayotganingiz, taxminlarigizni ushbu xabar ostiga izoh qilib qoldirishingiz mumkin.

APL.

31-tur.

"CHelsi" - "Arsenal".

"CHelsi": CHex - Ivanovich, Kexill, Terri, Aspilikueta - Matich, Luis - SHyurrle, Oskar, Azar - Eto'O

"Arsenal": SHHesni – Sanya, Mertezaker, Koselni, Gibbz - Rosicki, Arteta – Podolski, Kasorla, Oksleyd-CHemberlen - Jiru

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика