Anelka: "Pogba PSJga o'tishi kerak"
25 fev 2022 10:16
Yangiliklar
Anelka: "Pogba PSJga o'tishi kerak"
Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Nikolya Anelka "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba haqiga gapirdi.
"Afsuski, u "Manchester Yunayted"ga qaytganida, ular kuchli jamoa emas edilar. Manchesterliklar qayta qurishga ehtiyoj sezishmoqda, o'z uslublari va murabbiylarini izlashmoqda. Qaytganidan so'ng unga juda ham qiyin. Uni ko'p tanqid qilishmoqda.
Bu Polga mos klub emas, u PSJga o'tishi kerak. Ha, ko'plar menga Pogbaning tez jarohat olishini aytishi mumkin, ammo bu birinchi navbatdagi Manchesterdagi hayot bilan bog'liq deb o'ylayman.
Men bu masalani 6 oy oldin Pogba bilan muhokama qilgandim va u PSJga o'tishga qarshi emas edi", - deydi Anelka.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar