Andrii Melnik: "To'g'risini aytsam, guruh bosqichidan keyin muxlislar ancha kam bo'ladi deb o'ylagandim, ammo bugun hayratda qoldim"
25 sen 2024 01:34
Yangiliklar
Andrii Melnik: "To'g'risini aytsam, guruh bosqichidan keyin muxlislar ancha kam bo'ladi deb o'ylagandim, ammo bugun hayratda qoldim"
"Bugun juda qiyin o'yin o'tkazdik. Nihoyat, murabbiy yuqori darajada o'ynay olishimni isbotlashim uchun imkoniyat berganidan xursandman.
Jamoamizda har bir o'yinchi o'z oldiga yuksak maqsad qo'yadi, jamoaviy vazifamiz esa g'alaba qozonishdan iborat.
Bugungi ikki golimni rafiqam va farzandimga bag'ishlayman.
To'g'risini aytsam, guruh bosqichidan keyin muxlislar ancha kam bo'ladi deb o'ylagandim. Ammo bugun ularning soni avvalgidan ham ko'p ekanligi meni hayratda qoldirdi. Ishqibozlarimizning qo'llab-quvvatlovi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.
Bizning vazifamiz har bir o'yinda g'alaba qozonish va buning uchun bor kuchimizni ishga solib, har bir uchrashuvni final kabi o'tkazamiz", dedi dubl muallifi.

Eslatib o'tamiz, Ukraina chorak finalda Ispaniya — Venesuela juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar