So’nggi yangiliklar

18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  6 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9

Andrey Sidorov: "Xo'jand"ga o'yin amaliyotiga ega bo'lish va chiroyli gollar urish uchun keldim" Yangiliklar

Andrey Sidorov: "Xo'jand"ga o'yin amaliyotiga ega bo'lish va chiroyli gollar urish uchun keldim"

Tojikistonning “Xo'jand” klubida hamyurtimiz, Osiyo chempioni Andrey Sidorov to'p tepayotganidan xabaringiz bor.

Futbolchi mamlakat Oliy ligasining 1-turidan o'rin olgan CSKA-Pomirga qarshi uchrashuvda gol urib jamoasining g'alabasiga munosib ulush qo'shdi. O'yindan so'ng o'zbekistonlik hujumchining fikrlari bilan qiziqdik.

“Og'ir va oson bo'lmagan o'yin bo'ldi. Raqibimiz yaxshi shakllangan, iqtidorli yosh futbolchilarga ega jamoa ekan. Bizga qarshi maksimal tayyorgarlik bilan maydonga chiqishgani ko'rinib turdi. Umuman olganda bahsda tenglik kuzatildi. Faqat biz ulardan ko'ra ko'proq gol urdik. Birinchi bo'lim ohirida hisobni ochganimiz foydamizga ishladi. Tanaffusga ko'tarinki kayfiyatda yo'l oldik. 

Gol urib jamoamga foyda keltirganimdan xursandman. Osiyo chempionatidan keyin ko'p jamoa almashtirdim? Oldingi jamoalarimda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmadim. “Xo'jand”ga ko'proq o'ynash va chiroyli gollar urish uchun keldim. Barcha sovrinlarni o'zimizniki qilishni istaymiz. Bu erda yolg'iz emasman. Sanjar Rixsiboev, Siroj Hamroev, Mamur Ikromov kabi jamoadoshlarim bor. Ha, birinchi golimni urdim. Bizda mavsum endi boshlandi. Oldinda o'yinlar ko'p. O'ylaymanki ko'plab gollarim bilan mahalliy ishqibozlarni mehrini qozona olaman”,- deydi Sidorov.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика