So’nggi yangiliklar

04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  4 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  6 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Andrey SHipilov: "Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik"

"Metallurg" va "Sug'diyona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Nima ham deyishim mumkin? Ikkita ajoyib gol urdik va darvozamiz dahlsizligini saqlab qola oldik. "Sug'diyona" bilan o'yinga jiddiy tayyorlangandik. O'ziga hos markaziy o'yin desa ham bo'ladi. Jizzax jamoasi yaxshi shakllangan, agressiv futbol ko'rsatadi. Tarkibida mahoratli futbolchilar bor. Ha, "Nasaf" bilan o'yindan keyin biroz kayfiyatimiz tushdi. Muhimi bu o'yinga yaxshi tiklana oldik. Ha, bugun biroz xotirjam to'p tepdik. Maydon holati ajoyib edi. Faqat maydonga chiqib yutishimiz kerak edi. Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Muhim va zarur bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritganimiz bilan bollarni tabriklayman. 

Ikkita hujumchi bilan o'ynaganimiz nima bilan bog'liq? Ha, bugun shunaqa fors-major holatiga tushib qoldik. Salamat Quttiboev ertalab o'zini biroz yomon his qildi. Boshlang'ich tarkibda shunday o'zgarishlar bo'lishi raqib uchun kutilmagan holat bo'lgan bo'lishi mumkin.

O'rinbosarlar jamoasi? Men bu erda uchinchi yil ishlashim. O'rinbosarlar jamoasidagi aksariyat futbolchilar asosiy jamoa bilan birga shug'ullanadi. Yig'inlarda, safarlarda biz bilan birga bo'lishadi. Ularni orasida 2000, 2001 yilda tug'ilgan futbolchilar ham bor. Hali mavsum uzoq. Orada yuzaga kelga tanaffusda selekciya ishlarini olib boramiz. 2003 va 2004 yilda tug'ilgan o'yinchilarni ham jalb qilamiz. 

Davron Anvarovni avvalgi turlarda ham maydonga tushirmoqchi edim. Uni debyuti muvaffaqiyatli chiqqani bilan tabriklayman",- deydi Andrey SHipilov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика