Andrey SHipilov: "Rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifani bajardik"
30 noy 2018 21:30
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "Rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifani bajardik"
Bekobodliklar mehmon jamoa "Buxoro"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. O'yindan keyin "Metallurg" ustozi Andrey SHipilovning fikrlari quyidagicha bo'ldi.
"Bugungi o'yin turnir jadvaliga tasir qilmasdi, shunga qaramay o'zimizni ko'rsatishga harakat qildik. Futbolchilarim - professional, men ular bilan faxrlanaman. Biz har qanday holatda ham yaxshi o'ynashga harakat qilamiz, shuningdek doim o'z muxlislarimizni xursand qilishni xohlaymiz. Biz doim Bekobod xalqi uchun o'ynaymiz".
"Yil boshida katta gapirmagandik, chempionlik uchun o'ynaymiz demagandik. Kamtarlik qilib jim turdik. O'zimizga yarasha rejalar bor edi. Bosh homiyimiz tomonidan qo'yilgan vazifani uddaladik deb o'ylayman. Niyatimiz birinchi bosqichdan keyin kuchli oltilikka kirib olish edi va buni bajardik. CHempionatni esa beshinchi o'rinda tugatdik", - deydi "Metallurg" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar