Andrey SHipilov: "Lokomotiv" - bugungi kundagi eng yaxshi jamoa"
12 may 2019 23:44
Yangiliklar


Andrey SHipilov: "Lokomotiv" - bugungi kundagi eng yaxshi jamoa"
“Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey SHipilov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugungi kundagi eng yaxshi jamoa bilan bahs olib bordik. Ayni paytda terma jamoamizning o'zagini tashkil etuvchi futbolchilardan iborat mazkur jamoaning barcha kuchli taraflarini bilar edik. O'yin bo'yicha esa biz bugun 3 ochkoga mos o'yin namoyish etmadik. O'zimizning barcha ijobiy jihatlarimizni namoyish eta olmadik, afsuski. Yakunda qayd etilgan natijani o'yinga mos deb o'ylayman. Bugun raqib aksariyat hollarda bir o'yinchiga kam ekani umuman bilinmadi. “Loko” futbolchilari ancha erkin harakat qilishdi. Bizning o'yinimiz esa unchalik yaxshi chiqmadi. Buning sabablarini tahlil qilamiz hali va xatolarni tuzatish ustida ishlaymiz, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar