Andrey SHipilov: "Lobanov "Nasaf"ga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi"
01 avg 2019 09:55
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "Lobanov "Nasaf"ga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi"
Superliga doirasidagi "Nasaf" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey SHipilov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Andrey SHipilov: - Ajoyib va qiziqarli futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. Menga bu shaharga kelish va mana shunday muhtasham stadionda futbol o'ynash yoqadi. Bu gapim uchrashuv natijasiga bog'liq emas. Men o'tgan yil kelganimda ham bu gapimni aytganman. Bugun bizni qanday o'yin kutayotganini bilardik. Bizni yagona havotirga solgan jihat “Nasaf” ning Termizda ko'rsatgan ajoyib o'yini edi. 1-bo'limda raqib bizning o'yinimizni baholay bilmadi yoki biz yaxshi o'yin ko'rsatdik.
- Ikkinchi bo'limda esa o'yinni to'laligicha “Nasaf” futbolchilari nazorat qilishdi. Aleksandr Lobanov esa bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. U bizni muqarrar 3-4 golli vaziyatlardan qutqardi. Bugun bizga omad kulib boqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar