Andrey SHipilov: "Klublarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tishi haqida biron nima deya olmayman"
17 avg 2020 21:24
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "Klublarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tishi haqida biron nima deya olmayman"
O'yin haqida
CHempionat yana tiklandi va biz o'ynashni boshladik. Hamma jamoalar har xil holatda edi. Biz bu bahsga deyarli 30 kun tayyorgarlik ko'rdik. Birinchi bo'limda yaxshi vaziyatlar bo'ldi, ammo foydalana olmadik. SHunchaki gol urish kerak edi, o'shanda bahs boshqacha kechgan bo'lardi. "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman.
Maydon markazidagi futbolchilar Ismatullaev bugun maydonga tushmadi, CHumak ham o'ynamadi...
CHumak 4 ta sariq kartochka olgani uchun tushmadi. Ismatullaev esa jarohatlangani uchun maydonda ko'rinish bermadi.
Klublarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tishi haqida nima deya olasiz?
Bunga izoh berolmayman. Klubda bu ishlar bilan shug'ullanadigan shaxslar, kombinat rahbariyati bor. Menda hozir boshqa muammolar bor: jamoani bahslarga qanday qilib to'g'ri tayyorlash, jarohatlanganlar bilan ishlash, jismoniy holat ustida bosh qotirish, ketma-ket o'yinlarda qatnashish.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar