So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Andrey SHipilov: "CHiroqlarning o'chgani "Paxtakor"ga yordam berdi" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "CHiroqlarning o'chgani "Paxtakor"ga yordam berdi"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi davra boshlanish pallasi. Kimni ro'yxatdan o'tkazgan bo'lsak barchalari o'ynashdi. Jamoamga katta etirozim yo'q. "Paxtakor"da ham yangi murabbiy, yangi rahbariyat ishlamoqda, yangi futbolchilar. "Paxtakor" stadionida ikkita gol urish oson emas. "Paxtakor" o'yinni nazorat qildi, ustunlik qildi, deya olmayman. Lekin tan olaman mahoratli futbolchilari bor. Marat Bikmaev esa bizda bugun shunday ekanligini ko'rsatdi, yana gol urishi mumkin edi. Vaziyatlardan foydalana olmadik, "Paxtakor" urib ketdi. Futbolchilarim yotib olmadi, harakat qildi. "Paxtakor"ga ham bugun oson bo'lmadi. Qachonki Siz raqibingizdan bitta kam gol ursangiz, natija ham yo'q, ochko ham bo'lmaydi. Ishlashda davom etishimiz, turnir jadvalidagi holatni yaxshilash kerak", - deb gapini boshladi murabbiy.

- Jamoangiz o'yinni yaxshi boshladi. Ammo nima sababdan goldan keyin jamoa hujumda faol futbolni to'xtatib qo'ydi?

- 28-daqiqada darvozamiz oldida jarima zarbasi yuzaga keldi, undan keyin bolalarcha xatoga yo'l qo'ydik. To'p uzatilgandan keyin o'sha qanotda uch futbolchimiz bor edi. Fikringizga qo'shilaman. Va 42 yoki 43-daqiqada ham shunday holat ro'y berdi. Xatto yuqori darajali termalar ham uzoq vaqt davomida yuqori pressing qila olmaydi. To'pni nazorat qilishga, raqibga bermaslikka harakat qildik. CHunki raqib to'p bilan o'ynashni, hujum qilishni yaxshi ko'radi. "Paxtakor"ning ojiz tomonlarini o'rgangandik. Fikrimcha, jamoaning kamchiliklari o'yin davomida ham ko'rinib qoldi. Raqib ham bizni o'rgangan, taxlil qilgan. 

Menimcha savolingizga javob ruhiyat bilan bog'liq. SHunchaki maydonga chiqib, xotirjamlikni saqlagan holda sovuqqon o'ynash kerak edi. Ikrom Aliboev bugun o'z darajasini ko'rsatdi, ajoyib pas. Dragan doimgidek yuqori holatda. Ha, juda og'ir. Biroq 28-daqiqagacha katta bosim bilan o'ynash hamma jamoa ham eplay olmaydi. Tanaffusga 2:1 hisobida yo'l oldik. Ammo taslim bo'lmadik, futbolchilarga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Yo'nalishlarni tushuntirdik. Ikkinchi bo'limda ham yuqori darajada o'ynadik. "Paxtakor" ham yaxshi raqib. Tarkibning yarmi terma futbolchilari.

- O'yin uchun rahmat. Jamoangiz haqiqiy kurash taqdim qildi. Teng o'yin ko'rsatdingiz. O'yingacha "Paxtakor" futbolchilari "Dinamo"dan bir bosh baland ekanligini. Futbolchilar emas, siz aybdor emasmi? Balki boshqa taktika tanlanganda foyda berarmidi?

- Biz harakat qilyapmiz. Bugun ikkita futbolchini pozicion o'zgartirishda, asosiy tarkibdagi bir futbolchini tushirishda xato qildim. Zaxiramiz kuchli emas, ular o'yinni kuchaytira olishmayapti. Hozirgi kundagi katta muammolarimizdan biri shu. Taktika borasida yaxshi o'ynadik. Yuqoridagi kurashlarda ham, paslarda ham tartibli harakat qila oldik. SHunchaki raqibdagi ijrochilar mahorati gollarga olib keldi. Mag'lub bo'lgandan keyin himoyada 5 yoei 6 kishi bilan o'ynash kerakligini aytishadi. 

Barchasini Sizlarga batafsil tushuntira olmayman. Holatni to'liqligicha miyamda tiklay olmayapman. "Metallurg"da ishlagan paytlarimda "Paxtakor"ni yutishimiz mumkin edi. O'shanda 5 himoyachilik taktika bilan o'ynaganmiz. Biz tarkibimizdagi bor futbolchilardan foydalanib taktika tuzdik. Kimlarnidir faqatgina qog'ozda ko'rganman. Ayrimlari faqat kecha shug'ullandi. Kimlardir ikki kun oldin. SHu sababli tarkibga eng yaxshilarni kiritdik. Zaxiradan tushganlar esa o'yinni kuchaytirishmadi.

- SHohmalik Komilov birinchi davrada "Dinamo"ning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi.

- SHohmalikni har kuni ko'raman va yanvardan buyon u bilan o'zimni farzandimdan ham ko'proq gaplashyapman. Bugun tushlikdan keyin u bilan suhbat bo'ldi. U bilan doimiy muloqotdaman. Uning natijalari zo'r. Biroq futbol - jamoaviy o'yin. Biroq hozirgi kunda "Dinamo" "Barselona" yoki "Manchester Siti" emas. SHu sababli biz yanada jamoaviyroq bo'lishimiz kerak. U "Dinamo"dagi katta hajmdagi o'yinini hali hech qaerda ko'rsatmagan. SHohmalikka o'xshagan iqtidorlar ishlashda davom etishi kerak. U bilan o'g'lim kabi gaplashaman. Suhbat taktika borasida bo'ldi. U yaxshi, tartibli futbolchi. Ammo barcha tartibli futbolchilar ham tinimsiz mehnat qilishi, qo'lni tushirmasligi, taslim bo'lmasligi kerak. Ammo tarkibda boshqa futbolchilar ham bor. Ular bilan ham gaplashamiz, faqatgina SHoxmalik bilan emas. Siz to'g'ri aytdingiz. U bizning kuchli jihatimiz. Biroq u kuchayishi, rivojlanishi kerak, murabbiyning ko'rsatmasini bajarishi kerak. Biz uni tayyorlaymiz, ammo u murabbiylar shtabi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarmasa, boshqalarning oldida ustun bo'lmasligi kerak. 

Agarda Siz AGMKga penaltidan gol urganingizda yoki qaysidir o'yinlarda samaradorlik qayd etganida hozir Stanisavlevichning darajasida bo'lardingiz. To'g'rimi? Birinchi davrada ko'p o'tkazib yubordik va kam gol urdik. Ammo o'yinimiz bobida turnir jadvalida o'zimizga mos joyda emasmiz. CHunki bizda vaziyatdan foydalanish yo'q! Ishlayapmiz bu borada. Jamoa mag'lub bo'lsa, murabbiy aybdor. SHohmalik yomon yoki men yaxshi demayman. Qiyin vaziyatdamiz. Bugungi o'yinni ko'rdingizmi? Qo'qonda o'ynaganimizda ham jamoada uyg'onish borligini ko'rdik. Jamoa Boydullaev, Grigalashvili, Mahmudxojiev kelganidan keyin yanada qo'shdi. Lekin Qo'qondagi o'yin yoki bugungi bahsni hisobga olsak, biz ko'proq ochkolarga loyiqmiz. "Paxtakor"dan qo'rqmasligimiz kerak edi, deb aytdim. Bugungi "Paxtakor" 2020 yilgi "Paxtakor" emas. Buni yigitlarga aytgandim. "Yigitlar, bugun bor kuchingiz bilan o'ynashingiz kerak". Ular vaqtni ham cho'zishmadi. Birinchi davrada ham, mana ikkinchi davra boshida ham bizga etiroz yo'q. Turdik, o'ynab ketyapmiz. Biroq natija yo'q paytda yotish kerak edi deysizlar. Projektorlarni o'chirishdi. Bu ham futbolchilarni ritmdan chiqarib yuborri. SHuncha yil "Paxtakor"da ishlagan bo'lsam, chiroqlar o'chirilmagandi. Bu ham "Paxtakor"ga yordam berdi. 

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика