So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  22 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  5 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  9 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  0 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  1 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  3 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  11 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  29 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  3 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6

Andrey SHipilov: "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi men uchun biroz kutilmagan hol bo'ldi" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi men uchun biroz kutilmagan hol bo'ldi"

Coca Cola Superligasi 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi bahsga juda jiddiy tayyorlangandik. Raqibning kuchli tomonlarini yaxshi bilardik. Gadoev va Tursunov kabi futbolchilarning asosiy tarkibda tushishlari men uchun biroz kutilmagan hol bo'ldi. Biz o'z taktikamiz va strategiyamizga 75-daqiqaga qadar to'liq rioya qildik. Ha "Bunyodkor" katta tashabbusga ega bo'ldi, ammo 75-daqiqaga qadar darvozamiz oldida deyarli xavfli vaziyat sodir etilmadi. Bugungi natija adolatli va "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman, - deydi SHipilov.

- Jamoada tajribali futbolchilar bor, ammo ular o'z saviyasida o'ynay olishmayapti.

- Bu savolingizda biroz haqiqat bor. Ammo masalan, Kamoliddin Tojiev, Server Jeparov, Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev kabi futbolchilar o'z vazifalarini to'liq bajarishmoqda. To'g'ri balki qaerdadir yorqin o'ynashmayotgandir. Bugun Muzaffarov gol urishi mumkin edi. Biz Jeparovni atayin asradik, chunki "Jar" maydoni u qadar yaxshi emasligini bilardik.

- Lobanov oldingidan yaxshi o'ynamoqda, kam gol o'tkazmoqda. U bilan alohida ishlanmoqdami?

- Istalgan sportchi, futbolchida qiyin damlar bo'ladi. Pasayish bo'ladi. Lobanovni jarohatidan keyin o'z safimizga qo'shib olgandik. Jamoamizda darvozabonlar bilan Alisher Ahmedov ishlaydi. Bundan tashqari u anchadan buyon maydonga tushmagani uchun ham o'yinni sog'inib qolgan.

- Jamoa hujumda faqat qanotdan hujum qiladi. Nima uchun markazdan hujumga o'tmadi?

- Sababi qanotda bo'sh joy ko'p bo'ladi va u erdan hujumga o'tish oson. Bugun qanotlarimiz yomon o'ynadi demagan bo'lardim. Boshqa o'yinlarda biz markazdan hujumga o'tamiz, ammo o'yin o'yinga to'g'ri kelmaydi.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика