Andrey SHipilov: "Bugun qanday raqibga qarshi maydonga tushishimizni taxminan bilar edik"
03 okt 2018 23:41
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "Bugun qanday raqibga qarshi maydonga tushishimizni taxminan bilar edik"
Superliga 25-turi doirasidagi "Metallurg" – "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey SHipilov quyidagicha fikr bildirdi.
- Bugun qanday raqibga qarshi maydonga tushishimizni taxminan bilar edik. “Paxtakor” – hozirgi chempionat lideri. Taxminan 45 daqiqa yaxshi harakat qildik. Lekin keyin bir nechta etakchi futbolchilarimiz xatolarga yo'l qo'yishdi. Endi o'sha xatolarni bartaraf etishga urinamiz. Hali oldinda bir qator uchrashuvlar mavjud. Ko'proq ochko jamg'arib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - dedi murabbiy.
Fikrlar