So’nggi yangiliklar

00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция - Бельгия  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  1 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  6 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  10 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14 19:31Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳсига шай!  14 19:12Абдулла Абдуллаев ва Ботирали Эргашев Қирғиз Республикаси билан ўйин олдидан интервью берди  3

Intervyu. Andrey SHipilov: “Bekobodda esda qolarli uch yilni o'tkazdim” Yangiliklar

Intervyu. Andrey SHipilov: “Bekobodda esda qolarli uch yilni o'tkazdim”

Superliga bahslarida 1-turdan keyin Bekobodning “Metallurg” klubi ustozi Andrey SHipilov istefoga chiqqandi.

“Surxon” bilan o'yindagi mag'lubiyatdan keyin murabbiy shunday qarorga keldi. SHundan so'ng oradan bir necha kun o'tgach, SHipilov bilan bog'lanib istefoga chiqishi sabablari haqida suhbatlashdik.

-Andrey Sergeevich, “Surxon” bilan o'yindan so'ng “Metallurg” boshqaruvidan ketdingiz. Bu o'zingizni qaroringiz edimi yoki rahbariyat shunday yo'l tutdimi?

- Jamoamizning yangi rahbariyati bilan qisqa suhbatdan keyin shunday qaror qabul qildim. CHunki har bir insonni futbolga o'z qarashi bor. Rahbariyat jamoani rivojlantirish uchun o'z qarashlarini aytdi. Meni esa o'z qarashim bor va har kim o'zinikini to'g'ri deb hisoblaydi. Suhbatdan keyin bir-birimizni to'g'ri tushungan holda do'stona xayrlashdik. Umuman olganda, bu borada hech qanday etirozim yo'q. “Mettalurg”ni uch yil boshqargan bo'lsam, Bekobodda yomon ishlamadim va yodda qolarli mavsumlarni o'tkazdim deb o'ylayman. Jamoaga yangi kelganlarga esa omad tilayman.

- Birinchi marta bosh murabbiy sifatida “Metallurg”ni boshqardingiz. Uch yil davomida yaxshi ishlagan joydan ketish oson bo'lmagandir?

- Albatta, qiyin bo'ladi. Bir jamoani uch yil boshqarish, menimcha bu qisqa muddat emas. “Metallurg”ni yuqori pog'onalardan joy olishi uchun yaxshi ishlarni amalga oshirdik. Bundan tashqari ko'plab iqtidorli yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilgan holda tajribali futbolchilar bilan o'ynatib o'sishini taminladik. Ko'plab yoshlarimiz o'z yosh toifalarida terma jamoalarga chaqirilmoqda. Meni xursand qilgani, “Metallurg”dan ham milliy terma jamoaga o'yinchilar jalb etilganidir. Bu ham Bekobodda qanday ish olib borganimni ko'rsatishi mumkin. Albatta, jamoadagi uch yillik faoliyatim davomida rahbariyatning menga katta yordam berganini alohida takidlab o'tishim kerak. Ular o'z ishiga professional darajada yondoshib, ishlashimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdi. SHuning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman va ayniqsa, qiyin pallalarda ham jamoani o'z holiga tashlab qo'yishmagani uchun rahmat aytaman. Bekobodda uch yil ishlagan bo'lsam, rahbariyat tomonidan moliyaviy muammolarga duch kelmadim. Bir so'z bilan aytganda, “Metallurg”dagi faoliyatim davomida jamoa har taraflama o'sishga erishdi va Bekoboddagi ishimdan ko'nglim to'ldi.

- “Metallurg” bu yil mavsumga tayyorgarlikni boshqaralarga nisbatan biroz kechroq boshladi. Bu nima bilan bog'liq edi?

- O'tgan mavsum barcha jamoalar kabi biz uchun ham og'ir yil bo'ldi. Pandemiya tufayli safimizdagi ko'plab futbolchilar kasallikni o'z boshidan o'tkazdi. Qolaversa, chempionat taqvimi o'zgarib ketdi. Uch-to'rt haftalab dam olgan bo'lsak, bir haftada 3 tadan o'yinlar o'tkazishimizga ham to'g'ri keldi. Albatta, bu xolat futbolchilarga o'ziga yarasha qiyinchilik to'g'dirmay qo'ymadi. SHu sababli futbolchilarga biroz dam olish imkoniyatini berdik. 45-55 kunlar davomida mavsumga tayyorgarlik ko'rish etarli deb o'ylayman. To'g'ri, xorijda yig'in o'tkazish bilan o'zimizda tayyorgarlik ko'rishni farqi bor. Masalan, Turkiyada yaxshi sparring-raqiblar va mashg'ulotlar o'tkazish uchun qulay sharoitlar bo'ladi. SHunga qaramay, tayyorgarligimiz yomon bo'lmagandi. O'zimizning imkoniyatdan kelib chiqib mavsumga hozirlik ko'rgandik.



- O'g'lingiz, kichik SHipilovning keyingi taqdiri qanday kechadi? So'nggi paytlarda uni tarkibda ko'rayotganimiz yo'q...

- Andreyni “Metallurg” bilan yil oxirigacha shartnomasi bor va u hozir jamoa bilan birga. Jarohati borligi sababli davolanayotgandi. Tez orada u o'ynashni boshlaydi va keyingi turda o'rinbosarlar safida harakat qilsa kerak. Andreyga ishonaman va Bekobodda to'rt yil mobaynida ancha o'sishga erishdi. Ko'ramiz, agar birinchi davradan keyin “Metallurg”da qolmaydigan bo'lsa, boshqa jamoaga o'tishi mumkin.

- O'zingizni keyingi rejalaringiz qanday?

- Bilasizmi, ayni paytda men biroz dam olishni xohlayapman. Agar tezda takliflar tushgan taqdirda ham shunday qarorga kelgan bo'lardim. CHunki uch yil davomida bosh murabbiylik vazifasini bajarib katta masuliyatni zimmamga oldim. Aslida ham bosh murabbiyning ishi oson emas. Natijaga u javob beradi, masuliyat ham yuqori bo'ladi. Umuman olganda, ko'p ishlarni ham qilishiga to'g'ri keladi. SHu bois hozircha yaxshilab hordiq chiqarmoqchiman. Bazida dam olib oilaga ham etibor qaratish kerak bo'ladi. To'g'ri, ishlash kerak, insonga pul ham kerak. Lekin oila hamisha birinchi o'rinda turadi. Hayot davom etadi va keyinchalik qaerda faoliyat olib borishimni vaqt ko'rsatadi.

- Bekobodda uch mavsum bosh murabbiy bo'ldingiz. Undan avval “Paxtakor”da uzoq vaqt jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagansiz. Endi bundan bu yog'iga faqat bosh murabbiylik takliflarini qabul qilasizmi yoki farki yo'qmi?

- Bilasizmi, agar avvalroq, yoshroq bo'lgan paytlarim bo'lganda menga ahamiyati yo'q edi. Boisi o'ynagan paytimda ham, murabbiylikni boshlagan paytimda ham men uchun birinchi o'rinda futbol turardi. Boshqa narsalarni ikkinchi darajali sifatida qabul qilardim. Yashirishni hojati yo'q, agar takliflar bo'lsa birinchi navbatda ham moliyaviy, ham boshqa tarafdan sharoitga qarayman. Ishlash uchun sharoit yaxshi bo'lsa buni qabul qilaman. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib 10 yil ishladim. Menimcha etarli deb o'ylayman. Bosh murabbiylik bo'ladimi yoki yordamchimi hammasini bafurja o'ylab bir qarorga kelaman.

- “Metallurg”ga Jasur Abduraimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu borada fikringiz qanday?

- Boshqalar haqida fikr bildira olmayman. Faqat jamoaga omad tilayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика