So’nggi yangiliklar

19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  0 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  1 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  3 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  5 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  6 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  6 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Andrey SHipilov: "Balki ikkinchi davrada boshqa murabbiy kelar va u mendan yaxshiroq ishlar" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Balki ikkinchi davrada boshqa murabbiy kelar va u mendan yaxshiroq ishlar"

Superliganing 12-turida "Surxon"ga qarshi bahsdan keyin "Dinamo" ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Kerak bo'lmagan joyda birinchi golni o'tkazib yubordik. SHundan keyin tezda o'zimizga kelib, hisobni tenglashtirib olgandik. Birinchi bo'limni yomon o'tkazmadik. Yaxshi vaziyatlar yuzaga keltirdik. Etarlicha standartlar va burchak zarbalariga ega bo'ldik. Ikkinchi bo'limda esa taktik tomonlama oqsadik. Natijada sen urmasang, senga urishadi qabilida futbol bo'ldi. Hisob 1:1 paytida 100 foizlik imkoniyatga ega bo'ldik, undan foydalanish shart edi. Qo'pol xatodan keyin birinchi penalti, keyin ikkinchisi... Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirish o'rniga battar yomonlashtirdi. Bilmadim. Tanaffus vaqtida yaxshi mashg'ulotlar qildik, nazorat o'yinlari o'tkazdik. Bilmadim...

- Futbolchilar bilan xatolar haqida gaplashganmidingiz?

- Ha. Suhbatlar davomida aytgan gaplarim, qayta va qayta ko'rsatgan xatolarim yana takrorlandi. Darvozabonimizni bugun umuman tanimadim. Birinchi bo'limda sal-pal o'yinimiz chiqayotgandi, ammo ikkinchi bo'limda futbol o'ynashdan to'xtab qoldik. Nimagaligini bilmayapman. Zaxiradagilar orqali ham o'yinni kuchaytira olmadik.

- Demak, natija o'yinga mos bo'ldi-mi?

- Yo'q, shunchaki 1:1 paytida gol urish kerak edi holos. Futbol esa bunday xatolarni kechirmaydi. Urmasang, o'tkazib yuborasan. Mehnat qilmasak ham mayli edi. Raqibga jiddiy yondashdik, uchrashuvga yuqori kayfiyatda tayyorlandik. Hech qachon futbolchilar o'z kasbiga bunday engil qaramasligi kerak. Albatta, murabbiy sifatida biror jamoa boshqaruvini qo'lga olgandan keyin barcha gapni ham aytavermaslik kerak. Biroq rostdan ham professional futbolchilar o'z kasbiga doimo yuqori darajada etibor berishi lozim. Balki murabbiy sifatida futbolchilarimga barcha malumotlarni etkazib bera olmagandirman. Biroq aminmanki, biz raqibni har tomonlama o'rganib chiqqandik. Bu o'yinga 3 hafta davomida jiddiy hozirlangandik. 

- Davra yakuniga qadar "Qo'qon-1912" va "Nasaf"ga qarshi bahslar bor. Ushbu uchrashuvlar haqida nima deysiz?

- Yigitlarni ruxiy chuqurlikdan olib chiqish kerak. "Dinamo" kabi jamoalarning bunday yomon holatga tushib qolishini umuman istamayman. Ushbu ikki o'yindan keyin turnir jadvalida ijobiy o'zgarishlar bo'lmasa, rahbariyat bilan gaplashib olishim kerak bo'ladi. Balki ikkinchi davrada boshqa murabbiy kelar va u mendan yaxshiroq ishlar.

- Ushbu uchrashuvdan keyin rahbariyatdan istefo so'ramaysizmi?

- Hozircha yo'q. Hozircha taslim bo'lmayman. Jamoaning bunday holatda bo'lishini istamayman. Birinchi davradan keyin natijalarga qaraymiz.

- Penaltilarda hakamga etirozingiz yo'qmi?

- Yo'q, barchasi joyida. Biz yosh bolalarcha qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика