So’nggi yangiliklar

06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  0 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  16 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  14 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1

Andrey Pyatnickiy: "SHu kunlarda Samarqandga yo'l olaman va infratuzilma bilan tanishaman" Yangiliklar

Andrey Pyatnickiy: "SHu kunlarda Samarqandga yo'l olaman va infratuzilma bilan tanishaman"

Xabaringiz bor, "Paxtakor", CSKA, "Spartak" kabi klublarda o'ynagan sobiq futbolchi Samarqandning "Dinamo" klubida ish boshladi.

Toshkentda tug'ilgan Andrey Vladimirovich kecha "Olimpiya" - "Dinamo" uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlarini tingladik.

 

"Samarqandning "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovdan chorlov bo'ldi. Bilasiz, futbol sir-asrorlarini O'zbekistonda o'rganganman. O'zbekiston mening birinchi vatanim, futbolchi sifatida "Paxtakor"da tanilganman. SHu bois vatanga xursandchilik bilan qaytdim. Qaerga borsam ham O'zbekiston mehmondo'st xalq ekanligini aytishdan charchamayman. Vataningda ishlashni taklif qilishar ekan nima uchun yo'q deyishim kerak? CHorlovni mamnuniyat bilan qabul qildim. 

O'zbek futbolidagi yutuqlar bilan doim faxrlanaman. CHempionat, klublar bilan doim qiziqib borishimni aytishim kerak. SHu kunlarda Samarqandga yo'l olaman. Infratuzilma bilan tanishaman. Albatta oson bo'lmaydi. CHunki o'tgan yili o'rinbosarlar jamoasi bo'lmagan. Barchasini noldan boshlashga to'g'ri keladi. 

Toshkentda bir nechta uchrashuvlarni kuzatishga muvaffaq bo'ldim. Bolalar, yoshlar jamoalari o'yinlarini ko'rdim. Bu borada nima kerakligini bilaman va tajribamdan kelib chiqib g'alabalarga hissamni qo'shishga harakat qilaman. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi",- deydi Pyatnickiy



Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика