So’nggi yangiliklar

18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  2 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1

Andrey Polxovskiy: "Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Andrey Polxovskiy: "Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi"

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati doirasidagi Livan - Qirg'iziston (4:4) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi.


"Biz tasodifiy gollarni urdik deb o'ylamayman. Birinchi bo'limda Livan terma jamoasiga qarshi juda yaxshi o'ynadik. Ikkinchi taymda esa biroz bo'shliqlarni taqdim etdik. Umuman uchrashuv muxlislarga manzur bo'ldi deb o'ylayman. Natija o'yinga mos bo'ldi deyish mumkin", - deya gap boshladi Qirg'iziston bosh murabbiyi Andrey Polxovskiy.

- Qirg'iziston bugun maksimum kuchi bilan o'ynadi deyish mumkinmi?

- Men shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan qoniqdim. Lekin bugun o'zimizning barcha imkoniyatlarimizni ishga solib harakat qila oldik deya olmayman. Bunga raqib ham yo'l qo'ymadi.

- Jamoa birinchi bo'limda boshqacha, ikkinchi taymda boshqacha o'ynadi. Buning sababi nimada?

- Biz Livan qanday qarshilik ko'rsatishini ko'rmoqchi edik. SHu bois har ikkala taymda har xil taktika asosida o'ynadik.

- Tanaffusga 2:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketgandinglar. SHundan kelib chiqib aytganda, nima deb o'ylaysiz, bugun Qirg'iziston bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Agarda so'nggi daqiqalarda gol urib mag'lubiyatdan qutulib qolganimizni hisobga oladigan bo'lsak, biz albatta bir ochko ishlab oldik. Lekin bugun biz yomon harakat qilmadik va ikki ochko yo'qotdik deb aytsa ham bo'ladi. CHunki birinchi bo'limda ustunlik biz tarafda bo'lgandi. Ikkinchi taymda tashabbusni qo'ldan boy berdik.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика