Andrey Mishchenko: "Hamma narsaning iloji bor..."
16 dek 2022 20:42
Yangiliklar
Andrey Mishchenko: "Hamma narsaning iloji bor..."
Deylik, o'tgan mavsumda to'p tepgan va ikkinchi davrada jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilar ayni paytda farg'onaliklar bilan mashg'ulotlarni davom ettiryapti. Ukrainalik himoyachi Andrey Mishchenko ham shulardan biri hisoblanadi. Bugungi mashg'ulotlardan so'ng futbolchining tayyorgarlik jarayonlari bilan bog'liq fikrlari bilan qiziqdik.
"12 dekabr sanasidan yig'ildik. Mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. Hozirda vazifamiz yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rish. 2023 yildan ko'p narsa kutyapman. CHunki o'tgan mavsumda istalgan jamoadan ochko olishimizni isbotlay oldik.
Superligaga kelsak, qancha ko'p o'yin bo'lsa, shuncha yaxshi. Bundan hamma xursand bo'ladi. 1-2 haftalab o'yinlarni kutish kimga ham yoqadi. Xohlagan futbolchidan so'rashingiz mumkin. Agar vitaminizaciya, to'g'ri jismoniy tiklanish bo'lsa, ortiqcha muammo yuzaga kelmaydi, deb o'ylayman. Ishtirokchilar soni 16 yoki 14ta qolganda ham 3ta davrali tizmni qo'llash mumkin. Hamma narsaning iloji bor",- deydi Mishchenko.
Fikrlar