Andrey Miklyaev "Paxtakor" bilan o'yin haqida: "Bir ochko ishlab oldik"
14 apr 2019 18:51
Yangiliklar
Andrey Miklyaev "Paxtakor" bilan o'yin haqida: "Bir ochko ishlab oldik"
"Jangovor o'yin ko'rsatdik. SHunday bo'lishini kutgandik. "Paxtakor" futbolimiz bayroqdori. Uchrashuv natijasidan qoniqdim. O'yin borasida esa qiladigan ishlarimiz bor. Biz bugun afsuski hujumda yaxshi o'yin namoyish eta olmadik. Himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadik va darvozamiz dahlsizligini saqlab qola oldik. Ammo, himoyadan hujumga o'tishda tezkorlik etishmadi. Garchi, oldinda imkoniyatlarga ega bo'lgan bo'lsakda. Bundan keyin ham mana shunday raqobatbardosh jamoa shakllantirishda davom etamiz.
O'ylaymanki, bugun bir ochko ishlab oldik. Tan olish lozim, "Paxtakor" to'p nazorati bo'yicha ustunlikka ega bo'lgandi. Bu borada mehmonlar ustunlik qilishdi.
"Surxon"ning vazifasi? Raqobatbardosh jamoa shakllantirishdir va ochkolar qo'lga kiritish. Kuchli beshlikdan joy olish. Birinchi o'rinni olish vazifasini qo'yishni barcha istaydi. Ammo, vaziyatga real baho berish kerak.
Biz "Paxtakor" kabi zaxira o'rindig'iga ega emasmiz. Yosh futbolchilarimiz bor. Aliev bir necha poziciyalarda o'ynay oladi", - dedi Andrey Miklyaev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar