Andrey Miklyaev: "O'yin juda asabiy o'tdi"
21 apr 2017 21:43
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: "O'yin juda asabiy o'tdi"
"Paxtakor" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.
- O'yin juda asabiy o'tdi. Derbi aynan shunday ruhda o'tishini bilgandik va kutgandik. O'yin davomida bir biz, gohida esa raqib ustunlik qildi. Jamoamiz o'yin jihatidan bir qator kamchiliklarga yo'l qo'ydi. Hozir kamchiliklar xususida gapirishni istamayman. Muhimi, asabiy o'tgan bahsda qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdik.
O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Bizga o'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalanganimiz qo'l keldi. Bu "Lokomotiv"ga qo'shimcha kuch va ishonch bag'ishlaydi, deb o'ylayman.
Bugun tarkibimizda bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. Masharipovning xizmatidan foydalana olmadik, Kapadze esa uzoq tanaffusdan keyin maydonga qaytdi.
Hakamlik? Bu borada gapirishni istamayman. Menimcha, har ikkala penalti ham bor edi, - deydi Miklyaev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar