So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  6 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Andrey Miklyaev: "OCHLda "Paxtakor"ga qarshi o'ynasak xursand bo'laman" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "OCHLda "Paxtakor"ga qarshi o'ynasak xursand bo'laman"

"Lokomotiv" va "Al Nasr" o'rtasidagi o'yindan oldin mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev va himoyachi Islom To'xtaxo'jaev matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

"Ertaga juda ham muhim o'yin bo'ladi. Bu o'yinda guruhdan chiqish taqdiri hal bo'ladi. Jamoadagi barcha futbolchilar o'yinga tayyor holatda ertangi bahsga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Guruh bosqichidagi mag'lubiyatsiz seriyamizni davom ettirib keyingi bosqichga chiqishga urinamiz", - deydi Andrey Miklyaev.

"Jamoamiz o'yinda to'liq tayyor. "Al Nasr" bizga o'xshab to'p bilan muomala qilishni yaxshi ko'rar ekan. SHu bois ertaga chiroyli va tomoshabop o'yin bo'lsa kerak", - deydi Islom To'xtaxo'jaev. 


- "Bunyodkor" o'z stadionida OCHLda umuman gol ura olmadi. Balki buni "Lokomotiv" boshlab berar?

- Umid qilamanki biz ertaga gol uramiz. Bu stadion biz uchun omadli hisoblanadi. O'tgan yil shu erda O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritgandik.

- O'yindan oldin sizni nima tashvishlantirmoqda?

- Markaziy himoya. Nemanya Yanichich oxirgacha tuzalmadi. Balki ertaga uni maydonda ko'rarmiz. Hozircha bu borada yakuniy qarorga kelmadik.

- "Lokomotiv" ushbu mavsumda umuman mag'lubiyatga uchramadi. Bunda nima rol o'ynadi deb o'ylaysiz?

Islom To'xtaxo'jaev: - Biz qishki yig'inlar chog'ida ham o'rtoqlik uchrashuvlarda yutqazmadik. Jamoa azolari bir oiladek bo'lib ketdi. Ahillik tufayli shunday natijalarni qo'lga kiritayapmiz.

- Ertangi o'yindan oldin durang natija qayd etiladi desa siz xursand bo'lasizmi?

- Qanday durangligiga bog'liq. Agar biz yaxshi o'ynab durangga erishsak va guruhdan chiqsak albatta xursand bo'laman. Lekin OCHLda syurprizlar juda ko'p bo'layapti, safarda yutib o'z uyida yutqazib qo'ygan klublarni ham ko'rdik.

- "Al Ittihod" va "Sepaxon" o'rtasidagi o'yindan nima kutayapsiz?

- O'yin bir vaqtda boshlangani juda yaxshi. Men "Sepaxon"ning raqibga munosib qarshilik ko'rsatishini va o'z nomini saqlab qolish uchun o'ynashini kutayapman. 

- "Paxtakor" va "Lokomotiv" guruhdan chiqsa bir biriga to'qnash kelib qolishi mumkin. Buni kutganmidingiz?

- SHaxsan men "Paxtakor"ga ham o'z jamoamga ham omad tilayman. Bu futbol. 1/8 finalda to'qnash kelsak O'zbekistonning bitta klubi chorak finalda bo'lishi aniq bo'ladi. Bundan albatta xursand bo'lardim. Bu o'zbek futboli uchun ham katta yutuq bo'lardi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика