So’nggi yangiliklar

23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  3 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  16 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1

Andrey Miklyaev: "Nihoyat gol urishni uddaladik" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Nihoyat gol urishni uddaladik"

O'zbekiston kubogi yarim final doirasidagi "Lokomotiv" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev qatnashdi.

- Nima deyishni ham bilmayman. Albatta natijadan va gol urganimizdan xursandman. Oxirgi bahslarda gol urishda muammolarga duch kelayotgandik. Bu yoqimsiz seriyani buzganimizdan mamnunman.

Bugungi bellashuv haqiqiy kubok uchrashuviga mos tarzda kechdi. "Bunyodkor" bizga qarshi yopiq o'yin uslubini tanladi. Bu bahsda golli vaziyatlar kam sodir etildi.

Tarkibdagi o'zgarishlar? Jamoa g'alaba qozonayotganda tarkib o'zgartirilmaydi. Mag'lubiyat bo'lgan pallada esa nimanidir o'zgartirish kerak bo'ladi. "Lokomotiv"dagi barcha futbolchilar o'z o'yinlari bilan jamoaga naf keltirishlari kerak. KO'plab futbolchilar uzun mavsumni o'tkazishmoqda va charchashgani tabiiy. Keyin futbolda jarohatlar va kartochkalar bo'ladi. SHu bois hammasini inobatga olishga majburmiz. SHuningdek, jamoamiz hozirda har uch kunda o'yin o'tkazmoqda.

Bobur Yo'ldoshevning qanotga o'ynatganimiz ko'plab omillar sabab. Eng asosiy omil bu "Bunyodkor"ning qanotlari ancha tez edi. SHunga moslab To'xtaxo'jaevni emas, balki Boburni qanotda o'ynatishga qaror qildik.

Ikkinchi davrada "Lokomotiv" mavsum avvalida bo'lgani kabi kuchga to'la emasdek ko'rinmoqda.

Bugun faqat natijadan ko'nglim to'ldi. Biz har o'yinda faqat hujumkor futbol namoyish eta olmaymiz. Muxlislarimiz esa "Lokomotiv"ning chiroyli va hujumkor o'yinlariga o'rganib qolishgan. Lekin hozir jamoamiz bu kabi o'ynashga qodir emas. CHunki hali aytib o'tganimdek ketma-ket o'yinlar o'tkazyapmiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика