So’nggi yangiliklar

20:25Opta "Арсенал" АПЛни қўлга киритиш эҳтимоллиги ҳисоблаб чиқди  0 20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  42 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

Andrey Miklyaev: "Mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashga harakat qilamiz" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashga harakat qilamiz"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Sug'diyona" - "Lokomotiv"(2:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyaev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi galda "Sug'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Lekin, ochko olishni uddasidan chiqa olmadik. Bugun bizning kunimiz bo'lmadi. Albatta, alamli mag'lubiyatga uchradik. Birinchi bo'limning o'zida darvozamizdan ikkita to'p olib chiqdik. Birinchi bo'lib burchak zarbasidan, so'ng yana bir standart vaziyatdan. Safardagi 0:2 hisobida yutqaza turib undan chiqib ketish og'ir. Etibor bergan bo'lsangiz, ikkinchi bo'limda o'yinni o'z tomonimizga og'dirishga harakat qildik. Vaziyatlar yaratdik.Oradagi farqni qisqartirishga erishdik. Yutib ketishimiz ham mumkin edi. Yigitlarda g'alabada uchun xohish kuchli edi. Faqat vaziyatlardan foydalana olmadik. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi",- deydi Miklyaev.

- "Lokomotiv" birinchi bo'limda 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotganiga qaramasdan ikkinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadi. Jamoa birinchi bo'limda shu o'yinni ko'rsatganida natija boshqacha bo'lishi mumkin edi...

- Mumkin edi. Futbol shunaqa o'yin, unda gollar turlicha bo'ladi. Birinchi gol mantiqqa to'g'ri kelmasdi. Burchak zarbasi amalga oshirildi, jarima maydonchasi ichida bir nechta futbolchi bor edi. Darvozabon esa vaziyatni kuzata olmadi. Jarima zarbasi ham mukammal tarzda ijro etildi. "Sug'diyona" 2:0dan keyin himoyaga etibor qaratdi va qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildi. Bunday pallada himoyani yorib o'tish qiyin kechadi. Harakat qildik, yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Raqib darvozaboni bugun juda yaxshi o'ynaganini aytib o'tish joiz. Bir qancha vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqardi. 

- Jamoaning turnir jadvalida egallab turgan hozirgi o'rnini omadsizlikka qiyoslasa bo'ladimi?

- Ayni paytda jamoa qaytadan qurilmoqda va tiklanmoqda. Jamoamizda yosh futbolchilar ko'p. Aksariyat futbolchilar klubni tark etishdi. Etiborimizni yoshlarga qaratyapmiz. Buning uchun bizga vaqt kerak. 

- "Lokomotiv" ikkinchi davrani yomon boshlamadi. Jamoani mavsum yakunida qaysi o'rinda ko'rishimiz mumkin?

- Har bir o'yinda maydonga g'alaba uchun chiqamiz. Maqsadimiz turnir jadvalida tepaga ko'tarilish. Mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashga harakat qilamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика