So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

Andrey Miklyaev: "Hammadan uzr so'raymiz" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Hammadan uzr so'raymiz"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Taavon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev qatanshdi.

"Nimadan boshlashni ham bilmayman. Biz xafamiz... 3:1 hisobida oldinda borib oddiy ikkita gol o'tkazdik. Himoyada yaxshi o'ynay olmaganimiz uchun ketma-ket ikkinchi uy o'yinida g'alabani qo'ldan chiqardik. Juda xafammiz", - deydi Miklyaev.

"3:1 hisobida oldinda borib g'alaba qozona olmadik. Keyin 4:3 ham bo'ldi, ammo yana gol o'tkazdik. Hayot davom etadi. Kurashishda davom etamiz", - deydi o'yining eng yaxshi futbolchisi Marat Bikmaev.

- Maydonda bo'lgan inson sifatida aytinchi 3:1 hisobida oldinda borib nima uchun g'alaba qo'ldan boy berildi?

Marat Bikmaev: - Oxirgi o'yinlarda hisobda oldinda borayotganda negadir himoyaga o'tib olayapmiz, bu odatga aylanib bormoqda. Agar hisob 0:0 bo'lib tursa erkin va bemalol o'ynaymiz. Bu kamchiligimizni to'g'rilaymiz.

- Bugun ajoyib va gollarga boy o'yin bo'ldi. Jamoaga g'alaba uchun nima yoki kim etishmayapti?

Andrey Mikyalev: - Biz bugun osongina hisobni ushlab qolishimiz mumkin edi. Ammo negadir futbolchilar bo'shashib ketishmoqda. O'tkazilgan gollarni hali yaqindan ko'rganim yo'q. Oddiygina gollarni o'tkazib yubordik. So'nggi gol ham juda oson o'tkazildi. Oddiy pas va raqib futbolchisi boshi bilan gol urdi... Futbolchilarning mehnatiga achindim xolos.

- Agar har bir futbolchi siz kabi individual harakatini namoyish etsa balki g'alabaga erisharsizlar?

Marat Bikmaev: - Har 4 kunda o'yinlar bo'lmoqda. Balki biz o'yinga tayyor bo'lmagandirmiz. Bizning yigitlar har biri mashg'ulotlarda 100 foiz ishlaydi, maydonga ham faqat g'alaba uchun tushadi.

- Siz faoliyatingizni 2002-2003 yillarda "Paxtakor" safida ajoyib boshlagansiz. O'sha davrdagi Bikmaev yana qaytayapti. Bunga qanday erishayapsiz?   

Marat Bikmaev: - Oddiy. Mashg'ulotlar orqali.

- Himoyachilarning o'yiniga qanday baho berasiz?

Andrey Miklyaev: - Yomon. Juda yomon. 4ta gol o'tkazdikku. 

- Sariq kartochka olgan vaziyatda raqibga nisbatan qo'l bilan o'ynadingiz. Nimaga shunday bo'layapti?

Marat Bikmaev: - Bilmasam. Balki jahlim chiqar. Balki odat bo'lib qolgandir.

- SHuhrat Muhammadiev ikkinchi marta qaydnomaga kiritildi va maydonga tushmadi...

Andrey Miklyaev: - Hali maydonga tushishga tayyor emas. Jarohati oxirgacha bitmadi. Bundan tashqari Kone ham jarohat oldi. Hammadan uzr so'raymiz.


Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика