So’nggi yangiliklar

10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  1 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  5 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5

Andrey Miklyaev: "Futbolchilarga etirozim yo'q" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Futbolchilarga etirozim yo'q"

O'zbekiston Superligasi 5-turi doirasida "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (1:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin "temiryo'lchilar" ustozi Andrey Miklyaev o'z fikrlarini bildirdi.

- Natijadan mamnun emasman. Biroq futbolchilarga etirozim yo'q. SHunchaki vaziyatlardan foydalanish kerak edi. Raqiblar deyarli hujumchilarsiz o'ynadi, butun jamoa bilan himoyalanishdi. Barchasiga o'zimiz aybdormiz, biroq bunda kimnidir ayblash juda qiyin.

Moddiy jarimalar? To'g'risi, bu haqida sizlardan eshitmoqdaman. Internetga kirib, yangiliklarni o'qishga vaqtim bo'lmadi. Futbolchilar o'yin davomida hissiyotlarini jilovlay olishmayapti. Mana shunday o'yinlar vaqtida ko'pchilik asabiy bo'lib qoladi. Penalti bo'ldimi yoki yo'q, baribir endi gapirishdan befoyda. Biz 5 yoki 6 yaqqol golga tortadigan vaziyatlardan foydalana olmaganimiz tufayli g'alaba qozona olmadik.

Sardor Rashidovning almashtirilishi sababi juda oddiy. Biz qanotni kuchaytirishni niyat qilgandik. Bizda zaxira keng, boshqa futbolchini ham tushirishim mumkin edi. Biroq Sardor bunday qiyin uchrashuvda o'ynashga ko'nikib keta olmadi. sabab shu, aytganimdek qanotni kuchaytirishni niyat qilgandik.

Husniddin G'ofurovning o'yinlarini kuzatganmiz. U ishonchimizni asta-sekinlik bilan oqlamoqda. Tarkibimiz kuchli, bizda qanotda o'ynaydigan G'ofurov, Mirzaev, Rashidov kabi futbolchilar bor. Asosiysi bu joyda o'ynash uchun raqobat juda kuchli.

Rashidov kam harakat qilmoqda? Bu savolni uning o'ziga bering. Balkim uning jismoniy holati yaxshi emasdir. Yoki u faoliyatini boshqacharoq tarzda davom ettirishni istagandir. Bilmadim... U chempionatda ikkita gol urdi, balkim bu nimadandir dalolatdir.

Reyting: -58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика