Andrey Miklyaev: "Farg'onada 2 ochko yo'qotdik"
15 avg 2016 14:21
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: "Farg'onada 2 ochko yo'qotdik"
"Bugun ikki ochko yo'qotdik. Kichik ustunlikka ega bo'ldik, ammo vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Bizga qarshi ko'pchilik shunday o'ynaydi, himoyaviy va qarshi hujumga o'tadi. Bugun qarshi hujumdan chiroyli gol o'tkazib yubordik. Bugun bizning kunimiz emas ekan. "Neftchi" tartibli himoyalandi, tarkibida tezkor futbolchilar borligi qarshi hujumlarning xavfli chiqishini taminladi. O'yin qiziqarli o'tdi deb o'ylayman.
Biz g'alabaga yaqinroq edik, oddiy misol Aliboevning birga bir chiqqanida gol ursak bo'lardi. "Neftchi"da tajribali murabbiy ishlayotgani sezilib turibdi. Slaven Stepanovich bugun debyut qildi, kam vaqt harakat qilgan bo'lsa ham o'yinni buzib qo'ymadi. Ko'nikish uchun unga vaqt kerak", - deydi Miklyaev.
"Lokomotiv" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar