So’nggi yangiliklar

13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  0 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  4 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  7 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  8

Andrey Miklyaev: "Ertangi bahs musobaqa jadvaliga katta tasir o'tkazadi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Ertangi bahs musobaqa jadvaliga katta tasir o'tkazadi"

Teglar :  Andrey Miklyaev
"Lokomotiv" va "Sepaxon" o'rtasidagi o'yindan oldin mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev va yarim himoyachi Server Jeparov matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

"Tushunib turganingizdek ertangi bahs musobaqa jadvaliga katta tasir o'tkazadi. Guruhdan chiqish uchun katta qadam tashlash uchun g'alaba qozonishimiz kerak. Barcha futbolchilar o'yinga tayyor. Faqat himoyachi Nemanya Yanichich jarohat olgan. Ertaga g'alaba qozonishga urinamiz", - deydi Miklyaev.

"Ertaga chiroyli va hujumlarga boy o'yin bo'lishini kutayapman. Erondagi bahsda bu jamoaga qarshi o'ynash mumkinligini ko'rsatdik", - deydi Jeparov. 


- Raqib safida eng xavfli futbolchilar kimlar? 

- "Sepaxon"da to'rt nafar legioner bor. Aynan ular jamoa etakchisi hisoblanadi. Fozil Musaev, Ibrichich, Padovani va CHimba. Raqibni yaxshi o'rganib chiqa oldik. 

- Islom To'xtaxo'jaevning holati qanday? Ertaga o'ynay oladimi?

- Umid qilamizki barchasi yaxshi bo'ladi. Kecha umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi. SHunday ekan barchasi yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. 

- Raqib ustozi o'tgan o'yindagi ob-havo "Lokomotiv"ga yordam berdi deb aytdi.  

- Ertaga ham yomg'ir yog'ishi kutilmoqda (kuladi). O'tgan o'yinda tezkor gol urdik va oson o'ynadik. Bu futbol. Bu erda ko'p narsa hal qiladi. 

- "Lokomotiv" safarda o'z maydonidagidan ko'ra yaxshiroq o'ynayotgandek tuyulmoqda?

Server Jeparov: - Bunday emas. Kimga qarshi o'ynashimizga ko'proq bog'liq. Ertaga OCHLda o'z uyimizdagi ikkinchi o'yinni o'tkazamiz. Ko'ramiz natija qanday bo'lar ekan.

- O'zbekiston terma jamoasi o'yinchilari ertangi bahsga tayyormi?

- Ha, milliy terma jamoa azolari ertangi bahsga tayyor.




Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика