Andrey Miklyaev: "CHempionlik uchun oxirigacha kurashamiz"
20 okt 2015 20:55
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: "CHempionlik uchun oxirigacha kurashamiz"
"G'alaba qozonganimizdan xursandman. Birinchi bo'limda juda og'ir kechdi, raqib himoyasini yorib o'ta olmadik. Bundan tashqari penaltidan gol ura olmadik. Ikkinchi bo'limda baribir maqsadimizga erishdik va g'alaba qozondik. Hisob o'yinga mos bo'ldi. Biz yana gol urishimiz mumkin edi. Bugun to'p o'tkazmoqchi emasdik, bunga erisha oldik", - deydi Andrey Miklyaev.
- Abramov ketgach siz jamoada qanday o'zgarishlar amalga oshirdingiz?
- Biz ikki yildan buyon jamoani qurayapmiz. SHu bois katta o'zgarishlarni amalga oshirmadik. Barchasi reja bo'yicha ketmoqda.
- "Paxtakor" hozircha 4 ochko oldinda, lekin ularni qiyin o'yinlar kutib turibdi. Masalan, ertaga "Bunyodkor"ga qarshi bahs, keyingi turda "Nasaf" bilan o'yin...
- Barchasi "Paxtakor"ning qo'lida. Lekin bu futbol, bizda imkon bor ekan chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz. Albatta "Paxtakor"ning ochko yo'qotishini kutamiz, o'zimiz esa 4ta o'yinning barchasida g'olib bo'lishimiz kerak. O'tgan turda 2:0 hisobida oldinda edik, o'yin esa 2:2 hisobida tugadi. Yigitlar ruhan o'zlariga kelib olishganidan xursandman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar