So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Andrey Miklyaev: "CHempionlik uchun katta qadam tashlandi, ammo..." Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "CHempionlik uchun katta qadam tashlandi, ammo..."

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.


- Jamoadagi barcha futbolchilarga g'alaba uchun rahmat aytaman. Biz ikki xil taym guvohiga aylandik. Tezkor gol bizga bugun yordam berdi. Bugun ko'plab imkoniyatlarni golga aylantira olmadik. Himoyada ham bazi xatolarga yo'l qo'ydik. Umuman olganda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik. CHempionlik uchun juda katta qadam tashladik. Lekin oxirgi qadamni tashlash juda og'ir bo'ladi. CHunki "Dinamo" bugun yutdi va ularda elitada qolish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Demak bu o'z-o'zidan bizga Samarqandda juda og'ir bo'lishini anglatadi.

Finishga yaqinlashganda oxirgi qadam tashlash doim og'ir bo'ladi.

"Lokomotiv"ning muvaffaqiyat siri nimada? Bizda ahil jamoa yig'ilgan. Klub ichida, jamoada hech qanday nizolar, kelishmovchiliklar yo'q. Muhit alo darajada. Jamoada ehtiroslar bo'ladi. Bu futbol. Ammo jamoa ichida hech qanday nizolar bo'lmaydi. "Lokomotiv" bir oiladek. Hakamlar bilan ham hech qanday mojarolar bo'lmaydi. Hammasi risoladagidek. Hakamlar bizning darvozaga ham, bizga ham penalti berishadi.

Kumush medali kimga nasib etadi? Ayni paytda o'yin jihatidan "Nasaf" juda kuchli, ular ajoyib sport formasida. Menga ko'proq "Nasaf" ko'rsatayotgan o'yin maqul. Ammo bu futbol. Futbolda har narsa ruy berishi mumkin. Bitta alohida uchrashuvda istalgan jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi. SHu boisdan ham kim ikkinchi o'rinni egallashi haqida biror narsa deyish mushkul.

Yangi format? O'FF rahbariyati chempionatimiz saviyasini, o'yinlar sifatini oshirish uchun ushbu qarorga keldi. Menimcha, bu format chempionatimiz kuchayishiga xizmat qiladi. So'nggi o'yinlarda borayotgan jamoalarni tushunaman. Lekin bu qaror elon qilinganidan keyin oxirgi uchrashuvlar juda qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика