So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Andrey Miklyaev: "Bikmaev jamoamizning haqiqiy etakchisiga aylandi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Bikmaev jamoamizning haqiqiy etakchisiga aylandi"

"Lokomotiv" - "Obod" (7:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “Loko” ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
"Tarkibda o'zgarishlarni amalga oshirdik. So'nggi oyda juda ko'plab o'yinlar o'tkazdik. Bu jamoa o'tgan mavsumda bu erda biz bilan durangga erishib qaytgandi shu bois xavf kutgandik. Bundan tashqari "Obod" bu mavsum juda kam gol o'tkazayotgandi. O'yin yoqdi, yigitlarga rahmat aytaman. O'yin rahbariyatga ham, murabbiylarga ham, futbolchilarga ham yoqdi.

- Nima uchun "Loko" OCHLda shunday o'ynamaydi?

- Sababi raqiblar imkon berishmaydi. Har bir jamoa raqibi imkoniyat berganichalik o'ynaydi. "Obod" imkoniyat berdi va g'alaba qozondik.

- "Obod" dastlabki 20 daqiqada tashabbusga ega bo'ldi.
- Tarkibda yosh futbolchilar juda ko'p, ularda ishtiyoq kuchli. Ammo butun o'yinga kuchlari etmayapti.

- Bu mavsum kim jamoa etakchisi deb o'ylaysiz? Bikmaevmi yoki Masharipovmi?
- O'tgan yil Abduxoliqov borligida Bikmaev kam maydonga tushardi. Bu yil esa u jamoaning haqiqiy etakchisiga aylandi.

- Nima uchun Krizo maydonga tushmayapti...

- Sababi u bizni qoniqtirmayapti. U mashg'ulotlarda kam ishlayapti. Agar Bobojonov undan ikki baravar ko'proq yugursa nima uchun Krizoni tushirishimiz kerak? Unga mashg'ulotlarda yanada ko'proq ishlashini aytayapmiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика