Andrey Miklyaev: "Andijon" menda iliq taassurot qoldirdi"
08 avg 2016 22:26
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: "Andijon" menda iliq taassurot qoldirdi"
- O'yin oson bo'lgani yo'q. "Andijon" o'yinni tashkil etish bo'yicha menda iliq taassurot qoldirdi. Ko'pincha bizga qarshi jamoalar himoyaviy o'yin uslubini tanlashadi. Bu galgi raqib esa chiroyli, ochiq futbol o'ynashga harakat qildi. SHuningdek, bizning jamoa ham hech qachon ortga chekinmaydi. Yani "Lokomotiv"ning shiori tomoshabop futbol o'ynash. Hisob 2:1 bo'lgan paytda murabbiylar shtabi biroz asabiylashishiga to'g'ri keldi.
Ammo yakunda hammasi yaxshi yakun topdi. Muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Bugun ko'p vaziyatlarda "Andijon" darvozaboni yaxshi harakat qildi.
Maxaradze? Undan himoyada foydalanyapmiz va Yanichich bilan Kaxi yaxshi "tandem"ni xosil qilishgan. SHu bois OCHL doirasidagi muhim bahs oldidan ushbu "tandem"ni buzmaslikka qaror qilganmiz. Ularning himoyadagi o'yinidan ko'nglimiz to'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar