So’nggi yangiliklar

15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  0 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  0 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  5 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  15 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  23 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3

Andrey Miklyaev: "Al Taavon" OCHLda birinchi bor ishtirok etmoqda" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Al Taavon" OCHLda birinchi bor ishtirok etmoqda"

Bugun "Al Taavon" - "Lokomotiv" o'yinidan oldingi matbuot anjumani tashkil qilindi. Bunda dastlab mehmonlar ishtirok etishdi.

“Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyaevga 33-raqamdagi futbolchimiz Oleg Zoteev hamrohlik qildi.

Andrey Gennadevich savollarga javob qaytarar ekan, “Lokomotiv” yana bir bora Saudiya Arabistoniga tashrif buyurganidan mamnun ekanligini aytib o'tdi.


“Biz bu erga necha marta kelgan bo'lsak, har safar iliq taassurotlar bilan qaytganmiz. Umid qilamanki, bu safar ham shunday bo'ladi. “Al Taavon” Osiyo chempionlar ligasida birinchi bor ishtirok etmoqda, ular bundan xursand ekanliklari turgan gap”.

“Biz ertaga shu yil hisobidan birinchi rasmiy uchrashuvni o'tkazamiz va o'yin qanday kechishini oldindan aytish qiyin. Saudiya chempionatida mavsum ayni qizg'in pallaga kirgan, bizda esa chempionat hali boshlangani yo'q. Lekin biz bu haqda o'ylayotganimiz yo'q, chunki bu erga ijobiy natija bilan qaytish maqsadida kelganmiz”.

“Al Taavon”ni yaxshilab o'rganishga harakat qildik. Ularning oxirgi ikkita uchrashuvini diqqat bilan kuzatib chiqdik. Jamoa yaxshi holatda. Biz mavsumga tayyorgarliknining asosiy qismini dastlab Dubayda, keyin Antaliyada olib bordik. Yigitlar ertangi o'yinga tayyor” – deya aytib o'tdi Andrey Miklyaev.

Jurnalistlardan biri Oleg Zoteevga quyidagi savol bilan murojaat qildi: “Saudiyada futbolchilar tezkor va texnikasi zo'r, O'zbekistonda esa jismonan kuchli futbolchilar ko'p. Bu haqda nima deya olasiz?”

Ushbu savolga javoban Zoteev quyidagi fikrni bildirdi: “O'zbekistonda ham texnik tomonlama mahoratli futbolchilar ko'p, xususan bizning jamoada ham bunday futbolchilar etarlicha topiladi. Agar ishonmasangiz, ertaga o'yinimizni ko'ring va bunga o'zingiz guvoh bo'lasiz”.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.
19 fevral, Burayda, S.Arabistoni.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика