So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Andrey Miklyaev: "Al Ittihod"ni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Al Ittihod"ni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz"

OCHL 2-turidan o'rin olgan "Al Ittihod" - "Lokomotiv" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev qatnashdi.

Unga yarim himoyachi Oleg Zoteev hamrohlik qildi.  

"Toshkentda o'tgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Biz "Al Ittihod"ni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz. Munosib o'yin ko'rsatib kamida mag'lubiyatga uchramaslikka harakat qilamiz", - deydi Miklyaev.

"Barchaga xayrli kun. "Ittihod" uzoq tarixga ega bo'lgan jamoa. Biz o'z tariximizni yozishga urinamiz. Ertaga o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Barcha yigitlar ertangi o'yinda tayyor", - deydi Oleg Zoteev.



- "Lokomotiv" safida jarohat olgan futbolchilar bormi?
- Tarkibda barcha futbolchilar sog'-salomat. Kecha Temurxo'ja Abduxoliqov shamollab qoldi, ammo bu unchalik xavotirli emas. O'tgan uchrashuvda maydonga tusha olmagan Ikrom Aliboev esa aksincha jarohatidan qutuldi. Jarohat olgan futbolchilar yo'q.

- "Lokomotiv"ning stadioni kichik ekanini ko'rdik. Ertaga esa uchrashuv mahobatli "Qirol Abdulloh" stadionida bo'lib o'tadi. Bu o'yinga tasir qiladimi?
- Biz ikkinchi yil Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashayapmiz. Bundan tashqari tarkibdagi ko'plab futbolchilar terma jamoa safida bunday katta stadionlarda va ko'plab muxlislar qarshisida o'ynashgan. SHu bois menimcha bu bizga hech qanday muammo tug'dirmaydi.


"Lokomotiv" matbuot xizmati

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика