So’nggi yangiliklar

23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  6 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5

Andrey Miklyaev: "Abu Dabiga 3 ochkoni ko'zlagan holda keldik" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Abu Dabiga 3 ochkoni ko'zlagan holda keldik"

“Lokomotiv” Osiyo CHempionlar Ligasi 2018 yilgi mavsumi guruh bosqich 5-tur o'yinlari doirasida BAAning “Al Vahda” jamoasi bilan bahs yuritadi.

Kecha mazkur o'yin oldidan har ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.  Unda “temiryo'lchilar” jamoasi ustozi Andrey Miklyaevga mahoratli futbolchi Nivaldo hamroxlik qildi va jurnalistlarning savollariga javob berdi:

– Bizni oldinda juda murosasiz uchrashuv kutib turibdi. Zero keyingi bosqich masalasini allaqachon ijobiy hal qilishga ulgurgan “Al Duhail”dan tashqari qolgan 3ta jamoada ham hamon nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoni mavjud. SHu boisdan “Al Vahda” ham ertangi o'yinda g'alabani qo'lga kiritish maqsadida o'ynaydi. Biroq biz ham Abu Dabiga 3 ochkoni ko'zlagan holda keldik. Keyingi bosqichga chiqish uchun bizdan oldindagi ikkala qolgan o'yinni ham yutish talab etiladi. Jamoamiz mazkur bellashuvga jiddiy hozirlik olib bordi.

Bilasizmi, biz CHempionlar Ligasini juda muvaffaqiyatli boshlagandik. Biroq keyingi o'yinlarda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo'ydik. Lekin yutkazgan uchrashuvlarimizda ham jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmadi. Faqatgina omad raqib tarafida bo'lgani uchun ham mag'lub bo'ldik, xolos. Bundan buyon yutkazishga haqqimiz yo'q. Jamoamiz ishqibozlarining ishonchini oqlash uchun ham ertaga maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va uyga 3 ochko bilan qaytishga urinamiz, – dedi tajribali mutaxassis.

– “Al Vahda” – yaxshi shakllangan jamoa. Biroq raqibga hurmat saqlagan holda aytishim lozimki, ertangi o'yinda biz faqat va faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz.  Zero bundan o'zga choramiz ham yo'q.  Keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun 3ta jamoa o'rtasida juda murosasiz bahs borishiga aminman. Umid qilamanki, ertaga maydonda chiroyli va mazmunli o'yin namoyish etgan holda nimchorak finalga chiqish imkoniyatlarimizni saqlab qolamiz, – dedi Nivaldo.


TAS-IX Emas


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика