So’nggi yangiliklar

23:36"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  7 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1

Andrey Miklyaev: "10-11 nafar futbolchi bilan bir mavsumni o'tkazib bo'lmaydi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "10-11 nafar futbolchi bilan bir mavsumni o'tkazib bo'lmaydi"

"Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev qatnashdi.

- Bugun bizda o'yin ruhi umuman yo'q edi. Muammo nimada bilmadim. O'ylashimcha, muammo klubda. Futbolchilarda xohish, istak yo'q edi. Barcha bir-biridan xafadek ko'rindi. Ammo harakat qildik. Futbolchilarim o'ynashni istashmadi.

- Himoyadagi muammolar, darvozabon xatolari yaqqol ko'zga tashlandi.
- Men barchasini aytdim. Hech kim o'ynashni istamadi, bu yaqqol sezildi. Nima muammoligini ayta olmayman. Menimcha, futbolchilarning hayotida muammolari bor.

- Jamoaning moliyaviy muammolari bormi?
- Ha, bor. Muammolar ko'p. Biroq bu gap men uchun emas. Men faqatgina mashg'ulotlar tizimiga javob beraman.

- "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan oldin qanday muammolar bor edi?
- Birinchidan, tarkibda muammolar. Ko'plab futbolchilarimizda ichki muammolar bor. Bir futbolchimiz jarohatlangan. Markazimizdagi futbolchilar safimizda emas. G'ofurovning o'yinda yo'qligi yaqqol sezildi. SHundan keyin biz qo'l ostimizdagi futbolchilarimiz bilan o'ynashga majbur bo'ldik. 10-11 nafar futbolchi doimo jamoani barcha muammolardan olib chiqib keta olmaydi. Hattoki, ayrim vaqtlarda almashtirishlarga ham qiynalaman. 10-11 nafar futbolchi bilan bir mavsumni o'tkazib bo'lmaydi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика