Andrey Kanchelskis: “Xatolar ustida ishlaymiz”
07 iyu 2020 09:54
Yangiliklar


Andrey Kanchelskis: “Xatolar ustida ishlaymiz”
“Qo'qon-1912” – “Navbahor” o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bugungi o'yin yomon bo'lmadi. “Qo'qon-1912” jamoasiga o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishga rozi bo'lgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Har holda mashg'ulot o'tkazishdan ko'ra, o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish afzalroq, deb o'ylayman. Birinchi bo'limdan ko'nglim to'ldi. Ikkinchi bo'limda tezkor gol o'tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlaymiz. Eng asosiysi hech kim jarohat olmadi. “Nasaf” bilan bo'ladigan uchrashuvga qadar vaqt bor va xatolarni muhokama qilib olamiz.
Futbol kurashlardan iborat bo'lgan o'yin. Bugungi bahs ham shiddatli tarzda o'tgani bunga misol bo'la oladi. Takror aytaman, eng asosiysi har ikki jamoada ham jarohatlanganlar bo'lmadi. Qo'qonliklarga navbatdagi tur o'yinida omad tilayman !
O’xshash yangiliklar

Fikrlar