So’nggi yangiliklar

16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  0 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  8 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  2 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0

Andrey Kanchelskis: "Stadionimiz direktori "Navbahor"ga qarshimi? O'tkir Yusupov bugun "basseyn"da cho'mildi" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Stadionimiz direktori "Navbahor"ga qarshimi? O'tkir Yusupov bugun "basseyn"da cho'mildi"

"Navbahor" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlarini bildirdi.

"Og'ir o'yin. "So'g'diyona" bizdan bir kun ko'proq dam olgani baribir o'z so'zini aytdi. Futbolda mayda narsalar bo'lmaydi.

Klubdagilar "Navbahor" uchun ishlaydimi yoki qarshimi? Aytinglar stadionimiz direktori maydonni nima qildi? Maysa qaysidir joyda o'rilgan, qaysidir joyda o'rilmagan...Yana jarima maydonimizga suv quyishgan, O'tkir "basseyn"da cho'milib oldi. Bu sharmandali holat!

O'yinga kelsak yigitlarga rahmat, xohish kuchli bo'ldi.

Keyingi turda "Bunyodkor"ga qarshi o'ynaymiz. O'tgan yil ular bizni ikki bor ranjitishgandi. Yaxshi jamoa, ularga qarshi bugundan boshlab tayyorgarlik ko'ramiz.

Maydonda biz emas futbolchilar o'ynashadi. Agar futbolchilarni to'g'ri yo'naltira olsak barchasi yaxshi bo'ladi.

Agar o'yin 45 daqiqa davom etganida biz 45 daqiqaga tayyorgarlik ko'rardik. Hozir 90 daqiqaga tayyorlanayapmiz. Qaysi daqiqada gol urishning farqi yo'q. Raqib futbolchilarida kuch qolgunicha qarshilik ko'rsatadi.

Ikkinchi davra oldidan tarkib kuchaytiriladimi? O'sha paytga etib olaylik, hozircha mana shu yigitlar bilan o'ynaymiz. Har kuni pandemiya tufayli yangi xabarlar chiqmoqda. Hali tarkibimizdagi barcha futbolchilarga to'liq imkoniyat berilmadi va biz yangilar haqida o'ylayapmiz. Bu noto'g'ri", - deydi Andrey Kanchelskis. 



Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика