So’nggi yangiliklar

14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  2 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  3 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  5 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  2 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  40 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  7 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0

Andrey Kanchelskis O'zbekistondagi karantin holati haqida gapirdi Yangiliklar

Andrey Kanchelskis O'zbekistondagi karantin holati haqida gapirdi

"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis O'zbekistondagi karantin holati haqida gapirdi.

"Har kuni kasallikka chalinganlar soni oshib bormoqda, vafot etganlar soni hozircha bittaga teng. Ammo, bu erda hammasi qatiy nazoratga olingan. 10 kun oldin ko'chaga niqobsiz chiqish uchun jarima joriy qilindi. Qanday jarima? Bitta maosh. Agar bu yana takrorlansa, u ikki baravar oshiriladi. SHu sababli biz karantindamiz va uyda qolishga harakat qilyapmiz. Legionerlar esa bazadalar va tennis o'ynashga chiqib turishadi. Hamma chempionatning kelajagi borasidagi qarorni kutmoqda, ammo hech qanday yangilik yo'q, jimlik. SHahar 20 aprelga qadar karantin holatida. Agar kasallanganlar soni oshib borsa, karantin yana davom etadi.

Siz tashqariga chiqishingiz mumkin, faqat niqob va qo'lqoplarda. Bu erda qaerga, nimaga ketayotgangizni va ruxsatnomangizni so'rashmaydi. Asosiysi, niqob, qolgani muhim emas. Ko'chadagi odamlar soni kam. SHahardan viloyatlarga chiqish yopiq, bunisi qatiy. Do'konlarda mahsulotlar etarli, savdo majmualari ochiq. Bu borada muammo yo'q. Rossiyada grechka sotib olishlar bo'lgani kabi bu erda vahimaga tushishlar bo'lmayapti. Hamma buyog'iga nima bo'lishini kutmoqda.

Butun dunyoda bo'lgani kabi uyda o'tiribmiz va Belarus chempionatini tomosha qilyapmiz. Bu hech narsa bo'lmagandan ko'ra yaxshiroqdir. Ko'rsatilayotgan takror o'yinlarni yoddan bilaman. Bu erda esa yangilik bor. Belarus chempionatini qiziqish bilan kuzataman, yoqadimi yoki yo'q, bu ikkinchi darajali. Asosiysi, jonli, takroriy emas. Juda yaxshi o'yinlarga ham duch keldim.

Uyga ketishga harakat qilyapmanmi? Albatta, Rossiyaga borishni xohlayman. Ammo, men bu erda qolib, jamoa va legionerlar bilan birga bo'lishga qaror qildim. Bizga ruxsat berishganida, mashg'ulotlar o'tkazamiz", - deydi Kanchelsis.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика