Andrey Kanchelskis MYU - "Yuventus" bahsida kim g'alaba qozonishini aytdi
23 okt 2018 21:09
Yangiliklar
Andrey Kanchelskis MYU - "Yuventus" bahsida kim g'alaba qozonishini aytdi
"H" guruhi doirasida Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Italiyaning "Yuventus" jamoasini qabul qiladi.
Superliga doirasida bugun bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Navbahor" (1:0) bellashuvidan so'ng namanganliklar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning "Old Trafford"da o'tadigan to'qnashuv haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. Yaxshi bilasiz, Kanchelskis o'z vaqtida MYU tarkibida yorqin o'yin ko'rsatgan.
"Oxirgi vaqtlarda "Manchester Yunayted" o'yinida o'sish kuzatilmoqda. SHunga yarasha yaxshi natijalar ham qayd etilmoqda. Premer-liga doirasida "Nyukasl" ustidan irodali g'alaba qozonildi, "CHelsi" bilan juda o'yin namoyish etildi. Manchesterliklarda "Yuventus"ni mag'lub etish uchun barcha imkoniyatlar bor, ular buni uddalashlari shart. Menimcha, MYU bugun g'alaba qozonadi", - deb aytib o'tdi Kanchelskis.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar