So’nggi yangiliklar

15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  1 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1

Andrey Kanchelskis: “Keyingi mavsumda “Navbahor” rahbariyati oldimizga aniq maqsadlarni qo'ygan” Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: “Keyingi mavsumda “Navbahor” rahbariyati oldimizga aniq maqsadlarni qo'ygan”

Coca Cola Superliga 26-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi o'yin qiziqarli tarzda kechdi. Kayfiyat ham, ob-havo ham o'zgacha bo'ldi. Kechagi bahsda quyuq tuman sababli, futbolchilar ancha qiyinchiliklarga duch kelishgandi. SHogirdlarim ko'proq himoyaviy taktika asosida o'ynashdi. Futbolchilarga joriy mavsum davomidagi o'yinlari uchun rahmat aytaman. Jamoamiz muxlislari hamda qo'qonlik futbol ishqibozlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Angliyani Tumanli albion deyishadi. Biroq Angliyadagi futbolchilik faoliyatim davomida bunday tumanda futbol o'ynashga to'g'ri kelmagan. Kecha esa futbolchilarning shunday vaziyatda to'p surishlariga to'g'ri keldi.

Endi buni amaliyotda ham ko'rdim. O'z o'rnida “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyatiga bizga ko'rsatgan yordamlari, iliq kutib olganlari uchun o'z minnatdorchiligimni izhor etaman. Ushbu jamoaga kelasi mavsumda omad yor bo'lishini tilayman!

Keyingi mavsumda “Navbahor” rahbariyati oldimizga aniq maqsadlarni qo'ygan. Biz kuchli uchlikka kirish hamda CHempionlar Ligasiga chiqish maqsadida harakat qilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика