So’nggi yangiliklar

04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  46 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  7 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  13 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  27 22:08U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  15 21:51U-23 Осиё кубоги. Мезбон Қатар Олимпиада йўлланмасидан маҳрум бўлди, Япония ярим финалда!  22 21:39Эрон футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши энг яхши ўйинимизни кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 21:14Биласизми? Роналду кунига беш маҳал ухлайди  16 20:48U-16 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Озарбайжонни мағлуб этди  3 20:20“Ордабаси” машғулотига номаълум шахслар ташриф буюриб, клубга ким хўжайин эканлигини кўрсатмоқчи бўлишди  14 20:01Карло Анчелотти Куртуа "Кадис"га қарши майдонга тушиши мумкинлигини тасдиқлади  3

Andrey Kanchelskis: "Ismini aytmayman, u kabi futbolchilarni endi maydonga tushirmayman" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Ismini aytmayman, u kabi futbolchilarni endi maydonga tushirmayman"

Coca Cola Superligasi 8-turi doirasida "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis jurnalistlar savollariga javob berdi.




- "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoa birinchi bo'limning o'zida ikki gol farqi bilan oldinda edi. Fol bo'ldi, xushtak chalinmadi, ikkinchi gol urildi. Albatta og'ir. Ikkinchi bo'limda boshqacharoq o'ynadik, gol urdik, vaziyatlar yaratdik. Ammo safarda o'ynash doimo qiyin bo'lgan. Endi keyingi o'yinda tarkib o'zgaradi, kimdir o'tkazib yuboradi, ayrimlar nimalarnidir o'ylashi kerak bo'ladi. Ular futboldagi keyingi faoliyati qanday o'tishini o'ylashi kerak. Bazi futbolchilar barchasi yaxshi, alo darajada deb hisoblashdi, chiroyli hayot, yashash yaxshi, ammo har bir o'yinda siz kuchli ekanligingizni ko'rsatishingiz kerak. Baribir ikkinchi gol o'yinni sindirdi deb hisoblayman. 1:0dan chiqib ketishning iloji bor, biroq 2:0 juda qiyin masala. Keyinchalik uchinchisi ham darvozamizdan o'rin oldi.

- O'tgan bir necha o'yinlarda jamoa yaxshi o'ynagandi. Bunisida esa kuch etishmadi.
- Aytganimdek, ayrim futbolchilar yaxshi hayotga o'rganib qolishgan. "Nasaf" maydonida durang, Bekobodda g'alabadan keyin futbolchilar o'zlariga qo'yilgan talabni pasaytirishdi. Zaxirada ko'zi yonib turgan, o'ziga beriladigan imkoniyatni poylayotgan futbolchilar ko'p. O'zgarishlar qilinadi, tarkibda ayrim kamchiliklar yopiladi. Ismini aytmayman, u kabi futbolchilarni endi maydonga tushirmayman, buni "Navbahor" muxlislari oldida ham vada bera olaman. Futbolda har bir o'yinda ko'rsatish va raqibni jazolash kerak. Ha, bazida Ronaldu va Messida ham nimadir o'xshamay qoladi. Futbolchida istak va xohish bo'lishi shart. Bu yo'qmi, demak, o'zgarishlar bo'ladi, tarkibda yangilashlar yuzaga keladi, uning o'rni boshqa futbolchilar bilan to'ldiriladi.

- O'yindan oldin futbolchilar bilan Namangan viloyati hokimi ko'rishib gaplashgan deyishgandi. Balki shu ham futbolchilarga tasir o'tkazgandir.
- Yo'q, unday emas. Hokimga tashakkur aytaman. U Namanganda futbolning rivoji uchun katta ish qilmoqda. U doimo biz uchun qayg'uradi. SHu sababli bu hech qanday tasir qilmagan. Mag'lubiyatda o'zimiz aybdormiz, endi o'yin, yo'lga qo'ygan xatolarimizni ko'rib chiqamiz. U bizga omad tiladi. Bugun futbolchilarim 70 foiz kuchi bilan o'ynadi. Bu hech nima emas, bundan etarlicha dars oldik. Har bir negativ ishdan pozitiv fikr ham olib turish kerak bo'ladi. Oldimizda "Qizilqum"ga qarshi juda muhim bahs kutib turibdi. Bugungi o'yindagi aybdorlik hissini shu o'yinda yo'qotamiz. Navbatdagi o'yin boshqacha bo'ladi. Vada beraman.

- Jamoa birinchi bo'limda piyoda yurdi. Ikkinchi bo'limni yuqori tezlikda boshlab, keyin yana sekin o'yin boshlandi. Balki futbolchilarning jismoniy holati yaxshi emasdir.
- Yo'q, unday demagan bo'lardim. Agarda ikkinchi bo'limda "Bunyodkor"dan kam yugurganimizda bu haqida gapirsa bo'lardi. Safarda bunday jamoaga qarshi o'yinda "fora" berib o'ynash katta xatolik bo'ladi. O'tkazib yuborilgan ikki goldan keyin ham biz o'yinni kuchaytirib yana bir bor darvozamizdan to'p olib chiqdik. Birinchi bo'limda biz har tomonlama raqibga yutqazdik. Gapingizga qo'shilaman, futbolchilar o'yinga ishtiyoq bilan, kuch bilan chiqishlari, birinchi daqiqadan 90-daqiqaga qadar to'p uchun kurashishlari kerak. Ayrim futbolchilar etiborini boshqa joyga qaratgan va shunga o'xshash muammolar. SHu sababli ikkinchi bo'lim boshidanoq 3 futbolchini zaxiraga oldim. Bir tomondan olib qaralganda omadimiz ham kelmadi. Bolov vaziyatdan foydalanganida 2:2 bo'lardi va o'yin boshqacha kechgan bo'lardi. Biroz bo'shashgandik "Bunyodkor" uchinchisini ham urib ketdi. "Bunyodkor"ni yana bir bor g'alaba bilan tabriklayman va omad tilayman.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика