So’nggi yangiliklar

19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" - "ФарДУ"  1 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  3 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  3 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  0 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  3 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  13 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  3 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  8

Andrey Kanchelskis “Dinamo” – “Navbahor”ning Angliyaga xos o'yini, Oston O'runovdan noroziligi va Samarqand haqida Yangiliklar

Andrey Kanchelskis “Dinamo” – “Navbahor”ning Angliyaga xos o'yini, Oston O'runovdan noroziligi va Samarqand haqida

“Dinamo” – “Navbahor” (2-2) uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- CHindanam, Angliya futboliga xos bo'lgan o'yin bo'ldi. Bugungidek uchrashuvdan so'ng boshimda oq sochlarim yanada ko'paydi deyishim mumkin. Muxlislar uchun jangovar durangli ajoyib, hujumkor ochiq futbol bo'ldi. Ammo murabbiy sifatida men jamoam o'yinidan qoniqmadim. Birinchi bo'limda 0:1 vaqtida 2-golni ham urganimizda o'yin boshqacha kechgan bo'lardi. O'yinni tahlil qilamiz, ko'rib chiqamiz. Sababi aksariyat futbolchilar bilib qo'yishi kerak – futbolni bir marta emas, har o'yinda o'ynash shart. Bu borada xulosa qilamiz. Hayot davomida, bu futbol. Uzoq masofaga qaramay, kelgan muxlislarimizga rahmat. “Dinamo” jamoasi menga juda yoqdi, juda shijoatli jamoa ekan. Bizni yaxshi kutib olishgani uchun, ajoyib maydon uchun mezbonlarga rahmat. Videotakrorni ko'rib chiqamiz, balki o'yin so'ngida penalti bordir, bu bizning emas, hakamlar nazoratchilari baho berishlari kerak. Murabbiylar o'rindig'idan penalti borga o'xshadi. VAR bizda hozircha yo'q, demak penalti ham hozircha yo'q.

- Ikki ochko yo'qotildimi yoki 1 ochko qo'lga kiritildi?

- Meni fikrimcha biz bugun ikki ochko yo'qotdik.

- O'yindan keyin darhol Ravshan Ermatovga yuzlandingiz. Suhbatda penalti belgilanmagan vaziyatni muhokama qildingizmi?

- Yo'q, men shunchaki Ravshan Ermatovga u hozircha biz uchun omadsiz hakam bo'layotganligini aytdim. Aynan Ermatov hakamligida 1-turda ham “Qo'qon-1912” bilan durang o'ynagandik, bugun ham durang qayd etdik. Hozircha ushbu hakam bizga omad keltirmayapti. SHu bois unga biz uchun omadsiz hakam bo'layotganligini aytdim. Ammo men hakamlikni tanqid qilishdan yiroqman, bu noto'g'ri bo'ladi. Ularning harakatiga hakamlar qo'mitasi baho berishi kerak. Bizning ishimiz o'yindan-o'yinga tayyorlanish.

- Oston Urunovni birinchi bo'limdayoq almashtirishingiz nima bilan bog'liq?

- Sababi Oston Urunov o'yinga futbol o'ynash uchun emas, o'z poziciyasida o'ynamayotganligini oshkora ommaga namoyon qilish uchun maydonga tushdi, unga ko'ra. Ammo klubda murabbiylar shtabi bor, aynan biz uning qaerda o'ynashini aniqlashimiz lozim. Birinchi qo'yib yuborilgan golda burchak to'pi keltirdi, bosh bilan o'ynamadi raqib gol urib ketdi. Olimpiya terma jamoasi bo'lgan futbolchi bunday o'ynamasligi kerak. Agar sen biror narsadan norozi bo'lsang, kelib ochig'ini aytishing kerak, bunga asosing bo'lsa. Aynan uning uchun 10 kishi o'ynagandek bo'ldik. Oston oxirigacha o'ynaganida uning poziciyasi o'tish yo'lakchasiga aylanardi. SHu bois uni almashtirdim.

- Bugungi gol muallifi Slavko Lukich “Nasaf”da qanot himoyasida yaxshi o'ynardi. Ammo “Navbahor”da markazda o'ynamoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- Lukich tajribali futbolchi. Uni qanot emas, markaziy himoyada o'ynatayotganimiz sababi Igor Golbanning jarohatidir. U universal futbolchi sifatida Golbanning yo'qligini bilintirmaslikka intilmoqda.

- Imkoniyatlardan foydalanilmagan o'yin deb atasak bo'ladi. Vaziyatlarni hujumchilar bilan muhokama qilasizmi?

- Albatta. Biz «ProSport» kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlaymiz, ular har bir raqibning kamchiliklarini tahlil qilib berishadi. “Dinamo”ni ham o'yinini chuqur o'rgangan edik. Ammo vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Afsuski, o'zim maydonga tushib hal qila olmayman. Biz shunchaki o'tirganimiz yo'q, futbolchilarga teoriyada barchasini tushuntirayapmiz, tahlil qilayapmiz.

- Bahodir Nasimovni maydonga tushirganingizda uning samarqandlik ekanligi yoki “Dinamo” tarbiyalanuvchiciligini inobatga olganmidingiz?

- Bahodir Nasimov Samarqandda tug'ilgani uchun emas, shunga munosib bo'lgani uchun maydonga tushdi. Unda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi va foydalanishi ham mumkin edi, ammo omadi kelmadi.

- So'nggi savol o'yin haqida emas. Mashhur sobiq futbolchi sifatida Samarqandga ilk tashrifingiz bo'ldi. Samarqand sizga yoqdimi?
- Murabbiy yoki sobiq futbolchi sifatida vaqt tig'izligi bois, shaharni bemalol aylana olganim yo'q. Lekin ko'rgan kechirganlarimdan ishondimki, eshitganimdek Samarqand juda chiroyli shahar ekan. Samarqand oshxonasi ham juda mazali, ayniqsa somsasi menga juda manzur bo'ldi. SHaharning juda ozoda, ko'rkamligi juda yoqdi. Samarqandni buyuk tarixga ega shahar sifatida bilaman. Albatta, vaqtim bo'lganida hali sayyoh sifatida kamida 1-2 kun vaqt topib, shaharning diqqatga sazovor tarixiy maskanlarida kelish niyatim bor.


Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика