So’nggi yangiliklar

21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  1 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  268 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  7 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   7 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  21 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4

Andrey Kanchelskis: "Stadiondagi ajoyib muhit menga APLdagi faoliyatimni yodimga soldi" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Stadiondagi ajoyib muhit menga APLdagi faoliyatimni yodimga soldi"

Superligasi 2-turida "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis o'zining fikrlarini bildirdi.

- Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Ochilishga ko'p sonli muxlislar kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turgani uchun minnatdorlik bildiraman. Bugun biz yaxshi o'ynadik va g'alabaga loyiq edik. Barchaga rahmat.

- Toshkentdagi o'yindan farqli ravishda bugun zaxira o'rindig'idagi futbolchilarni ishga soldingiz.
- "Paxtakor"ga qarshi o'yinda hech kimni tushirishni istamadim. O'rinboev endi o'zining yuqori jismoniy holatiga kirib bormoqda. Yana bir hujumchimizning diskvalifikaciyasi bor edi. Yaqindagina "Paxtakor" futbolchini ijaraga oldik. O'sha kuni futbolchini almashtirishning o'zi ruhiy tomonlama ham noto'g'ri bo'lardi. Maydondagi futbolchilar esa sher kabi kurashishdi va shu boisdan ularni hafa qilgim kelmadi. Qachonki ular maydonga tushishga tayyor bo'lsa, bu amalga oshadi. Biz ham zaxiradan tushadigan futbolchi doimo o'yinni kuchaytirishini istaymiz, biroq bu har doim ham amalga oshavermaydi. Barchasi futbolchining jismoniy holati va o'z ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Masalan, ikkinchi bo'limda SHoxrux maydonga tushdi. Yosh va g'ayratchan futbolchi o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi, har bir to'p uchun kurashdi va jamoaga katta yordam berdi. O'rinboev ham o'z ishini bajardi. Bolov diskvalifikaciyasini tugatsa, u ham jamoani kuchaytiradi. Isoqjonovning qaytishi ham jamoani kuchaytiradi. Bizda vaqti kelib, zaxira ham yaxshi holatda bo'ladi va har bir futbolchi jamoani kuchaytiradi.

 

- Mavsum oldidan jamoaga qanday maqsadlar qo'yildi?
- Maqsad - har bir o'yinda maydonga chiqib, barcha kuchni sarflab, g'alabaga erishish. Meni quvontirgan narsa shu bo'ldiki, "Lokomotiv" himoyaviy o'yin ko'rsatdi. O'tgan mavsumlarda jamoa hujumkor o'yin ko'rsatgandi. Birinchi bo'limda raqiblar deyarli vaziyat yarata olishmadi. Endilikda bizdan qo'rqishyapti, bizni hurmat qilishyapti. Albatta, bu ajoyib! Agarda shu ketishda davom etsak, turnir jadvalining yuqori o'rinlarida bo'lishimiz aniq. Agarda oldimizdagi har bir uchrashuvda "Paxtakor" va "Lokomotiv"dagi kabi o'yin ko'rsata olsak, ko'zlangan maqsadlarga erisha olamiz.

- Andrey Fyodorovning aytishiga ko'ra, muxlislar "Navbahor"ning g'alabasidagi asosiy omil bo'lishdi. Siz bu fikrga qo'shilasizmi?
- Bilmadim. Umuman olganda, bugun raqibga qaraganda ko'proq vaziyat yaratdik. Birinchi bo'limda bosh bilan berilgan zarba golga aylanmadi. SHuningdek, Azizbek Turg'unboevda ham qulay vaziyat yuzaga keldi. Agarda birinchi bo'limdayoq hisobni ochib olganimizda o'yin boshqacharoq kechardi va bizga osonroq bo'lardi. Ikkinchi bo'limda esa faqatgina hujum qilavermasdan, tartibli o'yin ko'rsatishga intildik. Sabr qildik, kutdik va penaltidan gol urdik, keyinchalik ikkinchisi ham bo'ldi. 12 yoki 13 emas, maydonda biz 11ga 11 bo'lib o'ynadik. Muxlislarga katta rahmat aytaman. Ular tufayli bugun APLdagi faoliyatim yodga tushdi. Muxlislarning qo'llab turishi doimo kerak. Aytganimdek, raqibdan ko'ra ko'proq vaziyat yaratdik. Ha, to'g'ri, to'p qo'lga tegdi, raqib xato qildi, deb bahona qilish mumkin. Ammo g'alabamiz haqli qo'lga kiritildi.

- "Manchester Yunayted" va "Navbahor" muxlislarini o'zaro solishtira olasizmi?
- U erning muxlislarida o'zgacha ananalar bor. Ular so'kinmay, haqorat qilmay, karsaklar bilan o'yinni tomosha qilishadi. O'tgan natijalarga qaramasdan har bir o'yinda stadionni to'ldirib o'tirishadi. Ular futbolni sevishadi. Namanganda ham shunday. Namanganlik muxlislarni esa muxlislik qilishidan italiyaliklarga o'xshatsa bo'ladi. Agarda futbolchilar biroz yomon o'ynashni boshlashsa, nonushtaga qo'shib eb yuborishadi. SHu boisdan futbolchilarga maydonga tushganidan keyin bor kuchini berib, g'alabaga erishishlarini talab qilaman. Tanaffusda 15 daqiqa shunchaki o'tirmasdan, barcha gaplarni, talablarni diqqatlik bilan eshitib, uni bajarish ham futbolchilarni oldinga etaklaydi. Agarda shu ketishda davom etsak, uzoqqa etib borishimiz aniq.

- Futbolchilarning mavsumoldi yig'inlaridagi holatidan mamnun bo'ldingizmi?
- Albatta. Rahbariyatga bu borada katta rahmat aytmoqchiman. O'tgan mavsumdagiga qaraganda biz bu yo'nalishda katta o'sishga erishdik. Ular ham bizga yuqori sifatga ega bo'lgan futbolchilarni taqdim qilishdi.

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика