So’nggi yangiliklar

11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  1 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  4 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  5 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  3 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  40 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  4 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2

Andrey Fyodorov va Kamoliddin Murzoev sentyabr oyi laureatlari Yangiliklar

Andrey Fyodorov va Kamoliddin Murzoev sentyabr oyi laureatlari

O'zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g'olibi aniqlandi.

Unga ko'ra Farg'onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov 76 ochko to'plab sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Sentyabr oyida Andrey Fyodorov boshchiligidagi “Neftchi” klubi “So'g'diyona”, “Bunyodkor”, “Dinamo” va “Paxtakor” klublariga qarshi o'yin o'tkazib barchasida g'olib bo'ldi.

Undan keyingi o'rinni 67 ochko to'plagan “Nasaf” klubi ustozi Ro'ziqul Berdiev band etdi. Qarshiliklar kuz faslining dastlabki oyida chempionatda 4ta o'yin o'tkazib ularning 3tasida g'alabaga erishishdi.

Kuchli uchlikni “Lokomotiv” klubining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov yakunlab berdi. Abramov 38 ochko to'pladi. “Temiryo'lchilar” o'tgan oyda chempionatda to'rtta o'yin o'tkazib ularning uchtasida raqibni mag'lub etdi.

Samarqandning “Dinamo” klubi hujumchisi Kamoliddin Murzoev sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Sentyabr oyida “Navbahor”, “Metallurg” va “So'g'diyona”ga qarshi o'yinlarda jami 3ta gol urgan Murzoev so'rovnomada 46 ochko to'pladi.

Undan keyingi o'rinni “Buxoro” yarim himoyachisi Aziz Ibragimov band etdi. O'tgan oyda to'rtta o'yinda to'rtta gol urgan futbolchi 45 ochko jamg'ardi. Uchinchi o'rinda “Nasaf” klubi sardor Artur Gevorkyan qayd etildi. Sentyabrda 4ta o'yinda 3ta gol urgan turkmanistonlik futbolchi 43 ochko to'pladi. 

Sentyabr oyi so'rovnomasi natijalari

O'rin    

Murabbiy

I

II

III

IV

V

Jami

1

Andrey Fyodorov      

12   

4

-

-

-

76

2

Ro'ziqul Berdiev

4

11   

 1   

-

-

67

3

Vadim Abramov

-

1

9

1   

5      

38

4

Jamshid Saidov

-

-

4

5

6

28

5

No'mon Hasanov

-

-

2

9

4

28


 

O'rin     

Futbolchi

I

II

III

IV

V

Jami

1

Kamoliddin Murzoev     

7    

1    

1    

1    

2     

46

2

Aziz Ibragimov

5

2

-

6

-

45

3

Artur Gevorkyan

1

5

3

4

1

43

4

Evgeniy CHeremisin

1

3

3

1

1

29

5

Bahriddin Vahobov

1

1

3

2

1

23

6

Nemanya Yovanovich

-

1

3

-

2

15

7

SHaker Zuagi

-

1

1

1

3

12

8

Igor Sergeev

1

1

-

-

2

11

9

Temur Kapadze

-

1

1

-

2

9

10

Murod Bobojonov

-

-

-

1

2

4

Kim kimga ovoz berdi. To'liq ro'yxat


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика