Andrey Fyodorov UEFA “Pro” licenziyasini qo'lga kiritdi
18 dek 2015 18:13
Yangiliklar


Andrey Fyodorov UEFA “Pro” licenziyasini qo'lga kiritdi
Avval xabar berganimizdek, “Neftchi” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov yaqinda Rossiya poytaxti Moskva shahriga jo'nab ketgandi.
Boisi Andrey Vitalevich u erda UEFAning “Pro” murabbiylik kurslari bo'yicha so'nggi imtihonlarni topshirardi.
Fyodorovning xabar berishicha, imtihonlar ko'ngildagidek o'tgan. Yakunda UEFA futbol tashkiloti murabbiyga eng oliy toifali bo'lgan “Pro” licenziyasini taqdim etdi. Bu bilan endilikda Andrey Fyodorov dunyoning istalgan mamlakatida bemalol bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritish xuquqiga ega bo'ldi.
Darvoqe, “Neftchi” ustozi 22 dekabr kuni Moskva-Toshkent havo yo'llari orqali yurtimizga qaytadi. SHu kuni farg'onaliklar ustozi O'FFda tashkil etiladigan oliy liga-2016 uchun qura tashlash marosimida bevosita ishtirok etishni maqsad qilgan. SHundan so'ng Fyodorov Farg'onaga qaytib keladi.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar